Ko‘chma hamkorlikdagi ma’ruza

Joriy yilning  26-oktyabr kuni soat 10.00 da "G" binoning 3 - ma’ruzalar zalida «Vaqtda tebranishning ahamiyati va uning kundalik hayotimizdagi o‘rni» mavzusi bo‘yicha «Pedagogika, psixologiya va o‘qitish metodikasi» kafedrasi o‘z jamoasi va "Gidromelioratsiya" fakultetining 3- bosqich kasbiy ta’lim talabalari bilan birgalikda ko‘chma hamkorlikdagi ma’ruzani olib borish uchun Italiyaning Turin politexnika universiteti professori Janob Andrea De Markini taklif etishdi.

Ma’ruza savol va javoblar orqali tashkil etildi. Jahon mamlakatlari ta’lim jarayonini metrologiya va standartlashtirish fani qay tarzda olib borilishi va shu fanga bo‘lgan qiziqish hamda e’tiborni yanada kuchaytirib, talabalarning dunyoqarashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan darajada janob Andrea De Marki davra suhbatini qizg‘in olib bordi.

      Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov