“EXPO-RUSSIA UZBEKISTAN 2019”da 

Joriy yil 24-26 aprel kunlari "Gidromelioratsiya" fakulteti “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” yo‘nalishi 1-bosqich 103- guruh talabalari guruh murabbiysi “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi assistenti D.A. Abduraimova bilan birgalikda “EXPO-RUSSIA UZBEKISTAN 2019” 2-xalqaro ishlab chiqarish biznes ko‘rgazmasida qatnashdilar. Talabalar ko‘rgazmada ishtirok etish mobaynida Rossiyadagi ko‘pgina institut va universitetlar bo‘yicha ma’lumotlar oldilar. Shu bilan birga o‘qishga kirish shartlari, institut va universitetlarning fakultetlari, yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. 
Ko‘rgazmada qo‘yilgan maketlar, ishlab chiqarilgan maxsulotlar va ular qaysi tashkilot va korxonalar tomonidan ishlab chiqarilganligi bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘ldilar.
Ko‘rgazmadan talabalar o‘zlariga kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lib qaytdilar.

 

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov