Institutlararo tajriba almashish
Institut rektori O‘.Umurzoqov tashabbuslari bilan “Pedagogika, psixologiya va o‘qitish metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari 2020 yil 20 fevralda Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining (TATU) “Axborot ta’lim texnologiyasi va kasb ta’limi” kafedrasi va I.Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universitetining (TDTU) “Energiya mashinasozligi va kasb ta’limi” kafedralarining faoliyatini o‘rgandilar.
O‘rganish jarayonida TATUning “Axborot texnologiyalari va kasb ta’limi” kafedrasi mudiri Delov To‘lqin Erkinovich va yetakchi o‘qituvchilari Sh.Pozilova va D.Safaevalar va TDTUning “Energiya mashinasozligi va kasb ta’limi” kafedrasi mudiri Xakimov Jamshid O‘ktamovich va yetakchi o‘qituvchilari prof. B.Tulaev, Sh.Bekmurodovlar bilan o‘zaro tajriba almashishdilar. Ular tomonidan kafedralarda olib borayotgan ishlari, yutuqlari va kelajak strategiyalari bilan o‘rtoqlashildi.
Kafedralarning faoliyatini o‘rganish jarayonida quyidagi vazifalar belgilab olindi:
- Kafedralar bilan hamkorlik shartnomalarini tuzish.
- Kafedrada soha yo‘nalishi bo‘yicha loyihalar ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish.
- Har bir kafedra kesimida tayyorlanadigan soha yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv adabiyotlarni xamkorlikda chop etish.
- O‘quv rejalar va dasturlarni takomillashtirish borasida hamkorlik qilish.
- Kredit ta’limga o‘tishdagi olib borilayotgan tajribalaridan o‘rganish va ular bilan hamkorlikda o‘quv rejalarini ishlab chiqish.
- Hamkorlikda ochiq darslar tashkil etish.
- Murabbiylik soatlarini tashkil etilishidagi tajribalarini o‘rganish va boshqalar.
Bunday tajriba almashish va ularni faoliyatini o‘rganish jarayonida professor-o‘qituvchilarimiz:
- bevosita o‘zlarini ish jarayonidagi faoliyatlarini qanchalik darajada ekanligini xis qiladilar;
- yana ham ko‘proq tajribaga ega bo‘lishga va faoliyatini takomillashtirishga harakat qiladilar;
- yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanish zarur ekanligini tushunib yetadilar;
- o‘zlari ustida, kasbiy mahoratlarini oshirishga, ITI larini yanada rivojlantirishga va ish rejalarini keng miqdorda tuzishga va uni bajarishga harakat qiladilar. Eng asosiysi kafedraning kelajak yo‘l-xaritasini tuzishga imkon yaratadi.
TIQXMMI matbuot xizmati