Yosh avlod bilan targ’ibot ishlari

"Qishloq va suv xo’jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish" fakulteti Texnologik jarayonlarni ishlab chiqarishda avtomatlashtirish va boshqarish kafedrasi, professor o’qituvchilari tomonidan Toshkent viloyati O’rtachirchiq tumani 41-maktab 11-sinf o’quvchilari bilan institutimizdagi sharoitlar va imkoniyatlar haqida davra suhbati o’tkazildi. Unda institutimiz reytingi, mavjud fakultetlar, ilmiy salohiyati yutuqlari va kelajakdagi imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Faol ishtirok etgan o’quvchilarga esdalik sovg’alari berildi. 

 

TIQXMMI matbuot xizmati