Fan olimpiadasining ilk bosqichi

26-27 mart kunlari “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasida “Qishloq xoʻjaligi gidrotexnika melioratsiyasi” fanidan Respublika fan olimpiadasining 1-bosqichi yuqori saviyada tashkil etilib, Nizomda belgilangan tartib asosida muvaffaqiyatli oʻtkazildi.

“Qishloq xoʻjaligi gidrotexnika melioratsiyasi” fanidan Respublika fan olimpiadasining 1-bosqichida “Gidromelioratsiya” fakulteti “Suv xoʻjaligi va melioratsiya” taʼlim yoʻnalishi hamda “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakulteti “Suv xoʻjaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” taʼlim yoʻnalishidan 20 nafar talabalar ishtirok etishdi.

Respublika fan olimpiadasining 1-bosqich natijalariga asosan, “Gidromelioratsiya” fakulteti “Suv xoʻjaligi va melioratsiya” taʼlim yoʻnalishi 403-guruh talabasi Abdukarimov Abror Baxodir oʻgʻli 1-oʻrinni, “Suv xoʻjaligi va melioratsiya” taʼlim yoʻnalishi 402-guruh talabasi Joʻrayeva Xayotxon Nodirjon qizi 2-oʻrinni, “Suv xoʻjaligi va melioratsiya” taʼlim yoʻnalishi 402-guruh talabasi Allayarova Dilbar Sobitjon qizi 3-oʻrinni egalladi.

“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi assistenti D.G.Yulchiyev axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov