“Kitob- bizning do'stimiz''

Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish, yoshlarning xuquq va manfaatlarini himoya kilish ularning har tomonlama barkamol bo'lib voyaga yetish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish maqsadida o'tgan qisqa davr mobaynida muayyan ishlar amalga oshirilib, an'anaviy va marifiy har xil turdagi targ'ibot ishlar olib borilmoqda. TIQXMMI "Gidromelioratsiya" fakulteti xotin-qizlar bilan ishlash bo'yicha Kengash raisi Z.F. Beknazarova rahbarligida  4-sonli talabalar turar joyida Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo'yicha tadbir o'tkazildi. Tadbirda 5 ta muhim tashabbusning 4 - muhim tashabbus kitobxonlikni targ'ib qilish maqsadida talaba qizlar o'rtasida targ'ibot ishlari olib borildi.

Mazkur tadbirda talaba qizlar o'rtasida kitobxonlik bo'yicha sahnaviy chiqishlar o'tkazildi va yig'ilganlarning ko'ngli xushnud etildi. Faol qizlarga kengash a'zolari tomonidan qiziqarli kitoblar sovg'a qilindi. Kitob- insonning eng yaqin dusti va maslahatchisi, aql qayrog'i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo'lgani uchun xalqimiz uni nonday aziz, mo'tabar va muqaddas deb hisoblagan. Shunday ekan, bugungi kunda yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda ham kitobdan ko'ra qudratliroq vosita yo'q.

 

TIQXMMI matbuot xizmati