Yuqori natija ko'rsatishdi

Innovatsion Rivojlanish Vazirligi tomonidan o'tkazilgan "TechnoWays" texnologik rivojlanish marafoni o'z yakuniga yetdi!.️ Marafon doirasida Respublika OTM laridan 100 ga yaqin jamoalarning innovatsion loyihalari ko'rib chiqildi va final bosqichida 27 ta jamoa ishtirok etib, ulardan 12 tasi g'olib deb topildi. Jamoalar orasidan eng yuqori natijani TIQXMMI "Gidromelioratsiya" fakulteti hydroleaders jamoasi egalladi va ularning loyihalarini yanada rivojlantirish maqsadida 30 000 000 so'm miqdorida loyiha moliyaviy qo'llab quvvatlantirildi. Eslatib o'tamiz marafon davomida hydroleaders jamoasining  #Smart_DIS #GidroPower Ilmiy rahbar L.Samiyev loyihalari qatnashdi.

TIQXMMI matbuot xizmati