Balli, yigitlar

Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim-tarbiya va harbiy vatanparvarlik sohasida  keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Shu qatori “Gidromelioratsiya” fakulteti tashabbusi bilan 14-dekabr 2018-yil TTJ-3 da “BALLI, YIGITLAR” ko‘rik - tanlovi bo‘lib o‘tdi.  Ko‘rik - tanlov ishtirokchilari “Gidromelioratsiya” fakulteti 102-guruh talabasi Abdukarimov Javoxir, 404-guruh talabasi Ro‘zmatov Abror, 205-guruh talabasi Mahmudov Shaxzod hamda “CXTE va B” fakulteti 102-guruh talabasi Isroilov Islomlar o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi. Tanlov shartlari:

1.Tanishtiruv sharti

2. Siz dam olish kuni oshxonadasiz…

3. Tezkor savol-javob

4. Raqs tushish

5. Yashirin shart (Galstuk bog‘lash)

6. Erkin mavzu

Tanlov shartlarini baholab borish uchun hay’at a’zolari “Gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti X.I. Azimov, “Tillar” kafedrasi mudiri dotsent F.B.Kilicheva, “Tillar” kafedrasi dotsenti K.N.Raximova hamda “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi assistenti Sh.H.Mardiyevlar qatnashdi. Qizg‘in bahs va muzokara ostida o‘tgan ko‘rik-tanlovda talaba yigitlarimizning o‘z bilim va istedodlarini holisona baholashda hay’at azolari har bir shartga maksimal 5 balldan umumiy 30 balli baholash me’zonida 3-o‘rinni ikki nafar talaba yigit umumiy to’plagan bali 25 ball- Ro‘zmatov Abror va Isroilov Islom, 2-o‘rinni 26 ball bilan Abdukarimov Javoxir va 1-o‘rinni Mahmudov Shaxzod qo‘lga kiritdi. Tanlov ishtirokchilariga TTJ-3 tarbiyachi pedagogi A. Xaitova va “Gidromelioratsiya” fakulteti ma’naviy ishlar bo‘yicha dekan muovini X.To‘ychiyevlar tomonidan tashkil etilgan esdalik sovg‘alari hamda faxriy yorliqlar topshirildi. O‘ylaymizki, talaba yoshlar hayotida bunday ko‘rik-tanlovlar o‘tkazib turish, kelajakda biz tayyorlaydigan kadrlar sifatiga hamda jamiyatda har tomonlama o‘z o‘rnini topishga keng zamin yaratiladi.

Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi assistenti Sh.Mardiyev axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov