“Tashkent City” markaziga tashrif

Davlatimizda barpo qilingan xozirgi kun talabiga javob beradigan obektlar bilan tanishish xamda talaba yoshlarni ma'naviy ruxiyatini yanada yuksaltirish maqsadida “Gidromelioratsiya” fakulteti, “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” ta'lim yo‘nalishi 101-gurux talabalari 2020-yil 12 - dekabr kuni “Tashkent City” xalqaro ishbilarmonlik markaziga tashrif qilishdi. Talaba yoshlar “Tashkent City” xalqaro ishbilarmonlik markaziga tashrif jarayonida zamonaviy shaharcha bilan yaqindan tanishishdi. Mazkur shaharchadagi ishbilarmonlik markazlari, ofislar, turar joylar, parklar va boshqa bir qator ijtimoiy obektlarning zamon talabiga javob beradigan xolda qurilganligi talabalarning ma'naviy va ma'rifiy salohiyatini yanada oshirishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Talaba yoshlar quyidagi ob'etlar to‘g‘risida to‘liq ma'lumot olishga savzovor bo‘lishdi: “Gardens Residence”,  “Central Plaza”, “Hyper Partners Center”, “Nest One”, “Moliya markazi”, “Tashkent City Park” va boshqalar.“Tashkent City”ga talaba yoshlarning tashrifi madaniy xordiq chiqarish xamda ma'naviy tomondan o‘z bilimlarini oshirishga hizmat qildi.

 

TIQXMMI matbuot xizmati