Talabalar ligasi

Respublikamizda faoliyat yuritayotgan xalqaro institutlari filiallari o’rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha “TALABALAR LIGASI” o’tkazilmoqda. Mazkur musobaqada Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining  “IRRIGATOR”  terma jamoasi taklif qilinib Toshkent shahar birinchiligida muvaffaqiyatli faol ishtirok etmoqda. Musobaqada jami 12 ta terma jamoa aylanma shaklda o’kazilmoqda. O‘yinlar haftaning har shanba kuni Xalqaro Vestminster universiteti hamda Singapur Menejmentni Rivojlantirish institutining sport majmuasida bo‘lib o‘tmoqda. Jamoamiz shu kungacha 5 nafar terma jamoaga qarshi o‘yin o‘tkazdi va 5 ta o‘yinda ham g‘alaba qozonib turnir jadvalida 15 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib kelmoqda.

Jamoamizning 5-turgacha erishilgan natijalari:

Terma jamoa nomlari

Gollar soni

O’tkazilgan sana

1-tur

IRRIGATOR : MDIST

2:1

10.11.2018y

2-tur

INHA : IRRIGATOR

1:9

17.11.2018y

3-tur

YUTIT : IRRIGATOR

2:12

24.11.2018y

4-tur

VEST-B : IRRIGATOR

1:11

1.12.2018y

5-tur

TUIT : IRRIGATOR

0:6

7.12.2018y

 

15.12.2018 y. sanasida 6-tur o‘yinini o‘tkazadi. “IRRIGATOR” terma jamoasiga keyingi o‘yinlarida omad tilab qolamiz..!

“Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi mudiri M. Norqobilov axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov