Toshkent politexnika muzeyiga sayohat

Bugun fan-texnika taraqqiyoti yangi-yangi marralarni zabt etmoqda. Ta’bir joiz bo‘lsa, har kuni insoniyatga yanada qulay sharoit va imkoniyat yaratilmoqda. Biroq uning ibtidosi haqida hamma ham to‘liq tasavvurga ega emas. Avtomobilsozlik sanoati bugunga qadar qanday yo‘llarni bosib o‘tgan? Bir necha asr muqaddam yaratilgan ilk mashinalar, traktorlarning ko‘rinishi qanday bo‘lgan? Ular qanday harakatlangan? Bu kabi savollarga Toshkent politexnika muzeyidan javob topasiz...

2019-yil 12-aprel kuni “Gidromelioratsiya” fakulteti “Gidrologiya (Suv omborlarida)” ta’lim yo‘nalishi 2-kurs 17-guruh talabalari va guruh murabbiyi “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi assistenti S. Mansurov boshchiligida Toshkent Politexnika muzeyiga sayohat uyushtirildi.

Tashrif davomida transport rivojlanishi tarixi, fan va texnika, buyuk olimlar ixtirolari, “Jahon avtomobilsozlik tarixi,” “O‘zbekiston avtomobil sohasi tarixi” va boshqa ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Shu bilan birgalikda General Motors zavodi konveyeridan turli yillarda chiqqan ilk avtomobillarni Respublikamiz birinchi prezidenti Islom Karimovning muzeyiga qilgan sovg‘asini ko‘rishga musharraf bo‘lishdi.

“Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi assistenti Mansurov S.R. axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov