Tozalik – turmushtarzimiz!

Joriy yilning 5 oktyabr kuni 3-sonli talabalar turar joyida “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari talabalar bilan anu shu mavzuda davra suxbati o‘tkazdilar. Davra suhbatida inson avvalo  qalbini  tozalaydi,  ya’ni uni chirkin, kir  tushunchalardan  tozalab  musaffo  qalb  egasi  bo‘lishi  kerak. Toza  qalb  egasi  bo‘lgan  inson  endi  badanini  toza  tutishi  kerak. Toza qalb, toza  badan  faqat  toza  liboslar  bilangina  bo‘lishi  mumkin. Bunday  poklikka  ega  bo‘lgan  inson  faqat  toza  joyda  yashamog‘i,  ya’ni  o‘zi  yashab  turgan  uyini,  xonasini  ozoda,  saranjom – sarishta  tutmog‘i  shart  bo‘ladi.  Poklik-ozodalikning  shunday  ko‘rinishi   ajdodlarimizdan  bizga  merosdir  va  biz  bunga  amal  qilishga  burchlimiz! deb ta’kidladilar.

 

 

  

Gidromelioratsiya fakulteti dekan o‘rinbosari X.Tuychiyev