Oʻtganlarni yod etib

9 may – Xotira va qadrlash kunining ahamiyatini singdirish, gʻalabaga oʻz hissasini qoʻshgan, vatanimiz mustaqilligi uchun jonini, kuch-quvvatini ayamagan har bir faxriy, har bir kishi xotirasi abadiylashtirilishi, ularga munosib hurmat-ehtirom koʻrsatilishini tushuntirish va targʻib etish koʻzda tutilganligini yoshlar ongiga doimiy singdirib borishimiz lozim. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, “Gidromelioratsiya” fakulteti, “Suv xoʻjaligi va melioratsiya” yoʻnalishi 2-kurs, 205-guruh talabalari guruh murabbiyi Sh. Botirov boshchiligida “Motamsaro ona” haykali poyiga gullar qoʻyishdi.

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov