Ulug' yurtning qutlug' mutafakkiri

XV asr jahon ma’naviyatining buyuk siymosi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hijriy 844 - yil ramazon oyining 17-kuni (1441 - yil 9 -fevral) da Hirotda tug’ilgan. Hirot shahri XV asr birinchi yarmida Sohibqiron Amir Temur asos solgan ulug’ saltanatning ikkinchi poytaxti, Temurning kenja o’g’li Shohrux Mirzoning qo’l ostidagi obod manzillaridan biri edi.

Alisher tug’ilgan xonadon Temuriylar saroyiga eskidan yaqin va yurtda muayyan nufuz sohibi edi. Bo’lg’usi shoirning otasi G’iyosiddin Muhammad o’g’lining tarbiyasiga jiddiy e’tibor berdi. Alisherning she’riyatdagi ilk ustozi tog’asi Mir Sayyid Qobuliy va Muhammad Ali G’aribiylardir. Navoiy “Majolis un-nafois” asarida Qobuliy haqida: “Yaxshi tab’i bor erdi, turkchada mayli ko’proq erdi…” desa, G’aribiy haqida: “Xush muxovara (xushsuhbat) va xushxulq va dardmand yigit erdi. Ko’proq sozlarni yaxshi chalar erdi. Uni va usuli xo’b erdi. Musiqiy ilmidin ham xabardor erdi…”- deydi.

Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro‘ kelmadi,

 Ko‘zlarimg‘a kecha tong otquncha uyqu kelmadi.

 Lahza-lahza chiqdim-u, chektim yo‘lida intizor

Keldi jon og‘zimg‘a-yu, ul sho‘xi badxo‘ kelmadi.

“Gidromelioratsiya” fakulteti I kurs talabalari tomonidan Alisher Navoiy metro bekatida “Asrlar osha o’lmas Navoiy” fleshmop o’tkazildi. Bu tadbirni yoritish uchun “O’zbekiston-24” jamoasi ham ishtirok etishdi.  Alisher Navoiy asarlari yahlit olganda hayot qomusiga o`xshaydi. Chunki hayotiy masala insonga xos qadriyatlar va tuyg`ular, fazilatlar, illatlar yo`qki u qalam olmagan bo`lsa, yurtimiz bo`ylab Alisher Navoiy 579 - yilligi keng  nishonlanmoqda. Alisher Navoiy haqida tadqiqotlar olib borgan kanadalik olim Xari Dik unga “Dunyoni ma`naviy tanazullikdan qutqara oladigan ko`ngil bog`ining bog`boni” - deya ta`rif  berishgan ekan. Chindan butun dunyoni qalam bilan zabt eta oldi. Xalqning unga ehtiromi yuksak.

“Gidromelioratsiya” fakultetining  yoshlar  bilan ishlash dekan o’rinbosari O.Habibullayev

Institut  matbuot  xizmati rahbari R.Jumaniyozov