Xorijiy Professor ishtirokida muammoli ma’ruza

2020 yilning 27 fevral kuni “Gidravlika va gidroinformatika” kafedarsida Halqaro Suv Resurslarni Boshqarish Instituti (IWMI) Regional tadqiqotchisi Doktor Lal Muthuwatta ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Kafedra professor-o‘qituvchilari, “Suv xo’”jaligi va melioratsiya” yo’nalishi talabalari qatnashgan bu tadbirda Doktor. LAl Muthuwatta “Hydrologic modelling” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzada Orol dengizi havzasida iqlim o’zgarishini suv resurslarga ta’sirini va yo’gin miqdorini hududlar kesimida modellashtirish, jumladan Shrilanka davlatining hududida iqlim o’zgarishini suv resurslarga ta’sirini modellashtirish va kuzatilayotgan muammolar va ularni bartaraf qilish bo‘yicha ‘hozirgi kunda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan keng qarmovli ma’lumotlar berdi.

O‘tkazilgan tadbir jarayonida talabalar va professor-o‘qituvchilar tomonidan bir qator savollar berilib, uchrashuv muhokamaga boy, qiziqarli va yuqori saviyada o‘tkazildi. Tadbir oxirida Gidromeliorasiya fakulteti dekani A.M.Fatxulloev va Gidravlika va gidroinformatika kafedrasi doktoranti PhD L.N.Samiev, Doktori LAl Muthuwattaga keng qamrovli ma’ruza va savollarga berilgan javoblar uchun ishtirokchilar nomidan minnatdorchilik bildirib, Institut nomi tushirilgan esdalik sovgalari berildi.

TIQXMMI matbuot xizmati