O'qitiladigan fanlar
Bakalavriat bosqichida
02.02.2021 846
№ |
Fanning nomi |
Fan haqida qisqacha ma’lumot |
1. |
Pedagogika, psixologiya |
Pedagogikaning maqsadi – insonlarda komillik sifatlarini takomillashtirish, yoshlarni zamonaviy, axloqiy-amaliy bilim ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, har tomonlama etuk, komil insonlarni tarbiyalash, ularda har bir sohaga mos keladigan bilim ko‘nikmalarni hosil qilish. Psixologiya fanining maqsadi- psixologik bilimlarni egallash, shaxs psixologiyasi, uning faoliyati va muloqoti qonuniyatlari, psixik jarayonlar va psixologik xususiyatlari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantrishdir. |
2. |
Pedagogika |
“Pedagogika” fani - talabalarni umumiy, pedagogik va psixologik madaniyatini oshirish, inson faoliyati haqida tasavvurni yaxlit shakllantirish, shaxs xatti xarakatlari oqibatlarini oldinda sezish, mustaqil o‘qish va o‘z imkoniyatlarini aynan baholash, maqsadga erish yo‘llarini topish bo‘yicha pedagogik bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni nazarda tutadi. |
3. |
Kasbiy psixologiya |
Talabalarga kasbiy faoliyatida zarur bo‘ladigan kasb psixologiyasiga oid bilimlarni berish, kerakli o‘quvlarni shakllantirish va ko‘nikmalar hosil qilishiga imkoniyat yaratadi. |
4. |
Boshqaruv psixologiya |
Raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda har tomonlama etuk, barkamol inson uchun yuksak ma’naviyatga xos bo‘lgan qirralarni: poklik, hamkorlik, birodarlik, hamxurlik, sabr-qanoat, saxiylik kabi fazilatlarni shakllantirishdan iborat. |
5. |
Ta’lim texnologiyalari |
Ta’lim texnologiyalarining maqsadi – o‘qitish jarayoniga texnologik yondashish asosida ta’lim maqsadlariga erishishning eng maqbul yo‘llari va vositalarini tadbiq etadi va qonuniyatlarini ochib beradi. |
6. |
Kasbiy ta’lim metodikasi |
Kasbiy ta’lim jarayonini tashkil etish, o‘tkazish, bilim ko‘nikma va malakalarni baholash yo‘llari, kasbiy faoliyatni tashkil etish, talabalarni kasbga yo‘naltirish masalalarini o‘rgatadi. |
7. |
Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi |
Talabalarni har tomonlama barkamol rivojlangan, hozirgi zamon ruhida tarbiyalangan, qishloq va suv xo‘jaligi sohasida, kasb-hunar ta’limida amalga oshirilayotgan islohotlarni jadal suratlarda amalga oshiradigan ta’lim-tarbiya ishini tashkil etish va uni bajarishga oid dolzarb muammolarni ijobiy hal eta oladigan, milliy istiqlol g‘oyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizni chuqur his etib, ularni ta’lim-tarbiya mazmuniga singdira oladigan shaxs-kasb ta’limi o‘qituvchisi sifatida shakllantirishdir. |
8. |
Pedagogik maxorat |
“Pedagogik mahorat” fani - bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy mahorat, ijodkorlik ko‘nikmalarini hosil qilish, muomala madaniyati, pedagogik texnika malakalarini shakllantirish, o‘kituvchilik, tarbiyachilik mahoratining dastlabki malakalarini tarkib toptirishdan iboratdir. “Pedagogik mahorat” fani kuzatuvchanlik, ijodkorlik, ilg‘or pedagogik tajribalarni mustaqil o‘zlashtirish sirlarini o‘rgatadi. Talabalar o‘qish va o‘qitish jarayonida diqqatni taqsimlash, bilim, ko‘nikma va malakalar, psixik holatlarini boshqara olish va pedagogik texnika madaniyatini mustaqil o‘zlashtirish malakalarini shakllantirishni nazarda tutadi. |
Magistratuta bosqichida
9. |
Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat (magistratura) |
Ilmiy-pedagogik faoliyat uchun pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahoratning nazariy asoslarini o‘rganish, amaliyotga joriy etish masalalari o‘rganiladi. |
10
11 . |
Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi (magistratura)
Boshqaruv psixologiya (magistratura)
|
Maxsus fanlarni o‘qitishda ilmiy pedagogik faoliyat uchun ilg‘or innovatsion metodlardan foydalanish, o‘rganish, qo‘llash masalalari o‘rganib boriladi Raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda har tomonlama etuk, barkamol inson uchun yuksak ma’naviyatga xos bo‘lgan qirralarni: poklik, hamkorlik, birodarlik, hamxurlik, sabr-qanoat, saxiylik kabi fazilatlarni shakllantirishdan iborat. |