O'qitiladigan fanlar
Bakalavriat bosqichida
№ |
Fanning nomi |
Fan haqida qisqacha ma’lumot |
1. |
Irrigatsiya va melioratsiya |
Qishloq xo‘jalik ekinlarining sug‘orish tartibi, usullari, suv resurslaridan samarali foydalanish, sho‘rlangan yerlarni meliorativ xolatini yaxshilash, yangi yerlarni o‘zlashtirish, gidromeliorativ tizimlarni loyixalash, qurish, ishlatish va ta’mirlash, sug‘orish tarmoqlarini boshqarish, suvdan foydala-nish rejalarini tuzish, sug‘orish tarmoqlarini avtomatlashtirish, suv o‘lchash va taqsimlash ishlarini amalga oshirish, sug‘orish texnikalari va ulardan foydalanishni o‘rgatadi. |
2. |
Meliorasiya va yerlarni rekultivasiyalash |
Tabiatda ekologik muvozanatni saqlagan xolda qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining samaradorligini oshirish, tuproq unumdorligini saqlash va qayta tiklash, axoli yashash xududlarini obodonlashtirish uchun zarur bo‘lgan qishloq xo‘jaligi yerlarini melioratsiyalashning turli ko‘rinishlari va texnologiyalarini qo‘llash, rekultivatsiya va uning bosqichlari hamda rekultivatsiyalash orqali yerlarning tabiiy sharoitlarini yaxshilash uchun zarur bo‘lgan kimyoviy, o‘rmon va fitomeliorativ hamda gidrotexnik tadbirlar o‘rganiladi |
3. |
Tabiiy sharoitlarni yaxshilash |
Tabiat va uning resurslaridan samarali foydalanish, suv resurslarini boshqarish va ulardan turli maqsadlarda samarali foydalanishni tashkil etish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, irrigatsion-meliorativ va boshqa suv xo‘jaligitizimlarini loyihalash bo‘yicha bilimlarni o‘rgatadi. |
4. |
Qishloq xo’jaligida suvdan foydalanish |
Tashqi muhitning noqulay tabiiy shart-sharoitlarini madaniy ekinlarning normal rivojlanib o’sishi uchun sug’orish va zax qochirish uslub va texnikalari yordamida amalga oshirish vaziflarini bajaradi. |
5. |
Suv xo‘jaligi va melioratsiyaga kirish |
O‘zbekistonning tabiiy-iqlim sharoitlari, suv resurslari, sug‘oriladigan yerlari va ularning meliorativ xolatlari, suv resurslarini boshqarish, ulardan foydalanish tamoyillari, suv manbalari, suv xo‘jaligi tizimi, sug‘orish tartibi, usullari va texnikasi, sug‘orish va kollektor-zovur tizimlari va ularning vazifalarini o‘rgatadi. |
6. |
O’zbekiston irrigasiya tarixi |
O‘zbekiston irrigatsiya tarixi fanida, O‘zbekistonda dastlabki sug‘orma dehqonchilik madaniyatining paydo bo‘lishi va rivojlanishi, VII-XIV aslardagi sug‘orma dehqonchilik, Amir Temur va temuriylar davrida sug‘orma dehqonchilik madaniyati, XVI-XIX asrlardagi sug‘orish tizimi, O‘zbekistonda 1917-1990 yillarda irrigatsiya va melioratsiyaning xolati, mustaqillik yillarida 1991-2019 yillarda O‘zbekistonda irrigatsiya va melioratsiyani rivojlantirishga yo‘naltirilgan strategik vazifalar va ularni amalga oshirish bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tiladi. |
7. |
Kimyoviy melioratsiya |
Sho‘rlangan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashda kimyoviy meliorantlarni qo‘llash, tuzlarning o‘simliklarga ta’sirini o‘rganish va tuproqning tarkibidagi zararli tuzlarni ketqazishda va sho‘r yuvish jarayonining samaradorligini oshirishda kimyoviy melioratsiya usullarini qo‘llashni o‘rgatadi. |
8. |
Yerlarni rekultivatsiyasi va muhofazasi |
Tabiatdan foydalanish jarayonida buzilgan va ifloslangan yerlarni kelajakda ulardan samarali foydalanish maqsadida tiklash va atrof muxitni ekologik xolatini yaxshilash, yerlarni muxofazalash tamoyillarini o‘rgatadi. |
9. |
Qishloq xo’jaligi gidrotexnika meliorasiyasi va gidromeliorativ tizimlardan foydalanish |
Yerlardan to‘liq va samarali foydalanish, tuproq unumdorligini, ish unumini va qishloq xo‘jaligi ekinlaridan olinadigan hosildorlikni sug‘orish orqali muntazam oshirib borish, melioratsiyani yuqori unumli agrotexnik tadbirlar bilan bog‘liq ravishda amalga oshirish, suv resurslari, ularni shakllanishi, ulardan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish rejimi, zamonaviy sug‘orish usullari va sug‘orish texnikasi, sug‘orish tarmoqlari va ularga qo‘yiladigan talablar, suv manbalari, уerlarni meliorativ holati va uni yaxshilash tadbirlari, sho‘r erlarni sog‘lomlashtirish, yangi erlarni o‘zlashtirish, gidromeliorativ tizimlarni loyihalash, qurish, ishlatish va ta’mirlash, sug‘orish tarmoqlarini boshqarish, ularda suv o‘lchash va taqsimlash ishlarini amalga oshirishning texnik-iqtisodiy qulay variantlarini topish, sug‘orish ishlarini avtomatlashtirish va tizim faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantiradi. |
Magistratura bosqichida
|
Fanning nomi |
Fan haqida qisqacha ma’lumot |
1. |
Melioratsiya va yerlarni rekultivatsiyalash |
Tabiatda ekologik muvozanatni saqlagan xolda qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining samaradorligini oshirish, tuproq unumdorligini saqlash va qayta tiklash, axoli yashash xududlarini obodonlashtirish uchun zarur bo‘lgan qishloq xo‘jaligi yerlarini melioratsiyalashning turli ko‘rinishlari va texnologiyalarini qo‘llash, rekultivatsiya va uning bosqichlari hamda rekultivatsiyalash orqali yerlarning tabiiy sharoitlarini yaxshilash uchun zarur bo‘lgan kimyoviy, o‘rmon va fitomeliorativ hamda gidrotexnik tadbirlar o‘rganiladi |
2. |
Meliorasiyada ilmiy izlanislar uslublari |
Tajriba dalasi tuproqlariga baho berish, tuproqning agrokimyoviy, agrofizikaviy hamda suv–fizik xossalarini o‘rganish uchun tuproq namunalarini olish va tayyorlash, shuningdek tahlil qilish, fenologik kuzatuvlarini amalga oshirish, tuproqqa ishlov berish bo‘yicha dala tajribalarini olib borish, chigitni ekishga tayyorlash va ekish usullari bo‘yicha tajribalarning o‘ziga xos xususiyatlari, ekinlarni parvarishlash agrotadbirlari, agrotexnik yo‘nalishdagi tajriba dalalaridan paxta-g‘alla (don) namunalarini olish, ularni tola-don xususiyatlari va sifatini aniqlash uchun laboratoriyaga topshirish, eroziyaga uchragan tuproqlar sharoitida tajribalar o‘tkazish uslublari, shamol eroziyasining davomiyligini bashorat qilishda EXM va matematik uslublaridan foydalanish, paxta-g‘alla majmuidagi ekinlarni oziqlantirish bo‘yicha tajribalar, sizot suvlari sathini o‘rganish, lizimetrlarda sizot suvlarining tuproqdan bug‘lanish va o‘simliklar orqali transpiratsiyaga sarflanishini, tuproqning aeratsiya qatlamida tuzlarning to‘planish miqdoriga qarab, sizot suvlari sarfini aniqlash, sho‘rlangan tuproqlarda dala tajribalari va tadqiqotlar o‘tkazish uslublari, dalada g‘o‘zaning viltga chalinishini hisoblash, paxta hosilini yig‘ish va hisobini olish, paxta hosili bo‘yicha olingan ma’lumotlarga statistik uslubda matematik ishlov berish usullarini batafsil o‘rganish bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lish |
3. |
Tuproq-o‘simlik-suv bog‘liqlik |
Tuproqlar, ularning turlari, suv-fizik xossalari, tuproqdagi suvlar va ularning turlari, o‘simliklar, ularning suvga bo‘lgan talablari, tuproq-o‘simlik-suv majmuasi, ularning optimalligi va ekinlar xosildorligi va tuproq xossalariga ta’sirini o‘rgatadi. |
4. |
Yaylovlar meliorasiyasi |
Tabiiy yaylovlarni melioratsiya qilish usullari; sizot suvlari yaqin joylashgan уerlarda sug‘oriladigan madaniy yaylovlar barpo qilish texnologiyalari; sho‘rlangan уerlarda sug‘oriladigan madaniy yaylovlar barpo qilish texnologiyalari; melioratsiya qilingan tabiiy yaylovlarda va sug‘oriladigan madaniy yaylovlarda o‘simliklarni etishtirish texnologiyalari; уer osti, sizot suvlaridan foydalanish; sug‘oriladigan madaniy yaylovlarda qo‘llaniladigan sug‘orish usullari, texnikalari va texnologiyalari; yaylovlarda chorvaning suv ta’minoti bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lish |
5. |
Sug’orish melioratsiyasi
|
Suv resurslarini boshqarish, ulardan samarali foydalanish tamoyillari, suv tejamkor sug‘orish usullari, yer ustidan sug‘orish va ularni takomillashtirish, tomchilatib, yomg‘irlatib, tuproq ostidan, subirrigatsiya va tuman hosil qilib sug‘orish texnologiyalari, ularni loyihalash, qurish va ishlatishni o‘rgatadi. |
6. |
Suv resurslarni o’lchovi va vositalar |
Sug‘orish tarmoqlaridagi, tuproqning maqbul sug‘orish oldi namliklarini, sizot suvlarining sathi va mineralizatsiyalarini aniqlovchi o‘lchash asboblari va vositalari hamda suv o‘lchov vositalari, ularni qo‘llash me’yorlari va qoidalarini, sug‘orish oldi tuproq namligini, sizot suvlarining sathi va mineralizatsiyasini aniqlovchi o‘lchov vositalarining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari va ularni qo‘llashni o‘rgatadi. |
7. |
Suv tejamkor sug‘orish texnologiyalari |
Suv resurslarini boshqarish, ulardan samarali foydalanish tamoyillari, suv tejamkor sug‘orish usullari, yer ustidan sug‘orish va ularni takomillashtirish, tomchilatib, yomg‘irlatib, tuproq ostidan, subirrigatsiya va tuman hosil qilib sug‘orish texnologiyalari, ularni loyihalash, qurish va ishlatishni o‘rgatadi. |
8. |
Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari |
Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilikda amalga oshiriladigan amaliy dala tajribalarini, laboratoriya izlanishlarini olib borishda tasdiqlangan va tan olingan uslubiyatlar va ularning moxiyatini hamda olingan ma’lumotlaga ishlov berish va ularning xaqqoniyligini aniqlashni o‘rgatadi. |
9. |
Landshaftli irrigatsiya |
Geotizim tushunchasi, landshaft, landshaftli geografiya, ekotizim, tabiiy landshaft, antropogen landshaft, madaniy va texnogen landshaftlar xaqidagi, tabiatdagi muvozanatni saqlab, atrof muxitni ximoya qilib, tabiatdan foydalanishni, sug‘orma dehqonchilikni ekotizimlarga salbiy ta’sir etmasdan olib borishni o‘rgatadi. |
10. |
Biomelioratsiya |
Tabiatdagi muvozanatni saqlash, atrof muxitni ximoya qilish, sho‘rlangan yerlarni meliorativ xolatini yaxshilashda biologik texnologiyalarni: biologik drenaj, fitomelioratsiya, suv o‘tlari yordamida kollektor-zovur suvlarini mineralizatsiyasini yaxshilash, meliorant o‘simliklar orqali sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashni o‘rgatadi. |