To'garaklar
“Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” kafedrasida “Irrigator” to‘garak tashkil etilgan bo‘lib, ushbu to‘garakda Gidromelioratsiya fakulteti talabalari tahsil olmoqda. To‘garaklarning dars jadvali tuzilgan. Bundan tashqari, to‘garaklarning Dasturlari, Ishchi dasturlari, dars o‘tish uchun materiallar, test savollari mavjud. Kafedraning iqtidorli talabalar bilan ishlash hamda Talabalar ilmiy jamiyati (TIJ) faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar o‘z vaqtida reja asosida bajarilmoqda. Kafedrada ilmiy ishlarga talabalar jalb etilib, ular bilan birga ishlashga kafedra professor-o‘qituvchilari individual biriktirilgan. Jumladan, “Bog‘ va uzumzorlarda past bosimli tomchilatib sug‘orish tizimini tashkil qilish” mavzusidagi ilmiy – tadqiqot ishiga dotsent Sarimsakov M.M., “TIMI o‘quv-ilmiy markazi hududida ekinlarning joylashuv xaritasi va suvdan foydalanish rejasini tuzish va takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish ” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishiga professor Serikbaev B.S. va dotsent Sherov A.G‘., “Interpolimer kompleksli ekran orqali g‘o‘za sug‘orilishida suv iqtisodiga erishish” mavzusidagi ilmiy – tadqiqot ishlariga dotsent Axmedjonov D.G‘., “SIUda Suvdan foydalanish rejasini tuzish” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishiga assistentlar A.Irismatova va N.Gadaev raxbarlik qiladilar. Talabalar ilmiy maktablar va olimlarning faoliyati bilan tanishtiriladi. TIJda talabalarning ilmiy muammoli mavzular doirasidagi ijodiy ishlarni va muhokamadan o‘tkazib, tegishli tavsiyalar berib borilmoqda. Kafedrada professor – o‘qituvchilari 2016 yil mobaynida iqtidorli talabalar bilan ishlar olib borishdi. Xozirda kafedra tashabbusi bilan biriktirilgan 20 nafar iqtidorli talabalar mustaqil mavzular asosida ITI larini olib bormokda. Kafedraga biriktirilgan iqtidorli talabalar tomonidan xisobot yilida kafedraning professor - o‘qituvchilari rahbarligida ilmiy maqolalar va tezislari bilan respublika OTM larida tashkil etilgan ilmiy - amaliy konferensiyalarda qatnashib, ilmiy ishlarini chop ettirishadi. To‘garak mashg‘ulotlari xar xaftaning chorshanba kunlari soat 15:00 da boshlanadi.