O'qitiladigan fanlar
Bakalavriyat bosqichida
Fanning nomi |
Fan haqida qisqacha ma’lumot |
|
1. |
Geologiya va gidrogeologiya asoslari |
Erning tuzilishi, tarkibi, paydo bo‘lishi va unda sodir bo‘ladigan turli geologok jarayon va xodisalarni hamda minerallar va tog‘ jinslari, yer osti suvlarining paydo bo‘lishi, joylanish shart-sharoitlari o‘rgatiladi. |
2. |
Injenerlik geologiyasi va gidrogeologiyasi |
Injener-geologik sharoitlarni katta maydonda tarqalish qonuniyatlarini o‘rganadi, turli geologik jarayon va hodisalarni o‘rgatiladi. |
3. |
Meliorativ gidrogeologiya |
Erning tuzilishi, tarkibi, paydo bo‘lishi, yer osti suvlarini sug‘oriladigan, sug‘orishga yaroqli bo‘lgan yerlarda o‘tkaziladigan meliorativ tadbirlarni gidrogeologik jihatdan asoslash |
4. |
Geologiya va geomorfologiya |
er yuzasi shaklining hosil bo‘lishi, joylashishi va o‘zgarish qonunlarini o‘rganadi, Yerning tuzilishi, tarkibi, paydo bo‘lishi va unda sodir bo‘ladigan turli geologik jarayon va hodisalarni hamda minerallar va tog jinslari. |
5. |
Gidrologiya, gidrometriya va oqim hajmini rostlash |
suv resurslaridan unumli foydalanishni, daryo oqimini hosil bo‘lish omillari, daryo, ko‘l va suv omborlarining rejimi, suv manbalari va suv havzalarining asosiy gidrologik ko‘rsatkichlarini o‘lchash usullari va texnika vositalarini bilishni |
6. |
Iqlimshunoslik |
suv resurslariga ta’sir etuvchi iqlimiy omillarni, iqlimning eng muhim elementlari, ob-havoning havfli, xodisalari, iqlim resurslari iqlimning o‘zgarishini bilishni va ularni aniqlash |
7. |
Gidrologik hisoblashlar |
suv resurslaridan unumli foydalanishi, daryo oqimini hisoblash va tadqiqot etishning statistik usullari, gidrologik miqdorning ta’minlanganligi, hisobli suv sarfini aniqlash, taqsimlanish egri chiziqlari va ularning parametrlari, gidrologik ma’lumotlar mavjudligida, yetarli bo‘lmaganda va umuman bo‘lmaganda yillik oqim maksimal va minimal suv sarflarini hisoblashni va natijalarni taxlil qilish |
8. |
Umumiy gidrologiya |
suv resurslaridan samarali foydalanishni, tabiatdagi suvlarning muvozanatini, suvning tabiiy va kimyoviy xossalari, xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, daryolar oqimini hosil bo‘lish omillari, yer osti suvlari, muzliklarning gidrologik rejimini |
9. |
Gidrometriya |
gidrotexnik inshootlar, qishloq xo‘jaligi melioratsiyasi va gidromeliorativ tizimlar ekspluatatsiyasi, suv xo‘jaligi menejmenti va ekspluatatsiyasi, suv bilan ta’minlash, suvdan (kompleks) foydalanish, gidromeliorativ ishlar texnologiyasi |
10. |
Injenerlik geologiyasi, gidrologiya |
Injener-geologik sharoitlarni katta maydonda tarqalish qonuniyatlarini o‘rganadi, turli geologik jarayon va hodisalarni o‘rgatiladi. Daryo oqimini hosil bo‘lish omillari, daryo, ko‘l va suv omborlarining rejimi, suv manbalari va suv havzalarining asosiy gidrologik ko‘rsatkichlarini o‘lchash |
11. |
Suv omborlaridan foydalanish |
suv omborlari asosiy xususiyatlari, suv omborlaridan ishonchli foydalanishning asosiy shartlari, suv omborlari gidrouzellaridan foydalanish, ularni loyihalashtirish, zamonaviy konstruksiyalari va hisoblashning nazariy asoslash |
12. |
Suv omborlari gidrologiyasi |
suv resurslarini to‘g‘ri hisobga olish va ulardan unumli foydalanishni, suv o‘lchash postlarining turlari, jixozlanishi va tuzilishini, suv manbalarining gidrologik rejimi elementlarini-suv sathi, suvning oqish tezligi, suv sarfi, loyqa oqiziqlar sarfini aniqlash usullari va texnika vositalardan foydalanishni biladigan va mavjud ma’lumotlarni taxlil qilish |