To'garaklar

Kafedra qoshida talabalarning “Yosh ekolog” to‘garagi faoliyat olib boradi. Ushbu to‘garak faoliyatining maqsadi yosh iqtidorli talaba va magistrantlarni ekologik ongi, madaniyati va bilimini oshirish hamda inson hayoti va faoliyati uchun qulay ekologik vaziyatni vujudga keltirish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, ekologik tahdidlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, aholi o‘rtasida ekologik-huquqiy ta’lim-tarbiyani zamonaviy xalqaro andozalar talabi asosida olib borishni ta’minlash masalari bo‘yicha bilim berish. “Yosh ekolog” to‘garak rahbari kafedra professori Baxodir Ismailxo‘jaev. Kafedrada to‘garak doirasida 20 nafardan ortiq iqtidorli talabalar shug‘ullanib kelmoqda. Iqtidorli talabalar tomonidan kafedra professor-o‘qituvchilari raxbarligida respublika ilmiy jurnallari va ilmiy amaliy anjumanlar tuplamlarida 40 dan ortik maqolalar chop etildi. To‘garakga qatnashadigan talabalar kafedraning ilmiy izlanishlarida o‘z xisasini qo‘shib kelmoqda.