O'qitiladigan fanlar
O‘qitiladigan fanlar
Bakalavriyat bosqichida
№ |
Fanlarni nomi |
Fan xaqida qisqacha ma’lumot |
1 |
Suv resurslaridan mukammal foydalanish (SRMF) |
Yer sharida suvning paydo bo‘lishi, gidrosferadagi suv turlari va zahirasi, sayyoramiz, Orol dengizi va O‘zbekiston respublikasidagi suv resurslari va ularning xususiyatlari, Jaxon, Orol dengizi, O‘zbekiston respubilikasidagi suv muammolari vujudga kelishi, va ularni yechish yo‘llari. Suv xo‘jaligi kompleksi qatnashchilarini suv bilan ta’minlash tartibi va navbati. Suv xo‘jaligi balansi, uni tuzishning shakli, metodikasi, zaruriyati, prinsiplari va tahlili, suv resurslaridan kompleks foydalanishni rejalashtirish, uning bosqichlari SRMF sxemasi, turlari, asosiy vazifalari va uni yechish metodlari o‘rgatiladi. |
2 |
Qishloq va yaylovlar suv ta’minoti (KYaST) |
suv ta’minotining tizimlari va sxemalari. Ichimlik suvi sifatiga kuyiladigan talablar. Suv ta’minoti ma’nbasini tanlash. Yer osti va yer usti ma’nbalaridan suvni olish. Suv ta’minoti sxemasini tanlash. Suv sifatini yaxshilash va suvga maxsus ishlov berish. Suvni tashish va tarkatish. Suv tarkatish tarmog‘ini loyihalash va hisoblash. Gidravlik hisobning asosiy usullari. Suv sarfini rostlash inshoatlari va nasos jixozlarini tanlash usullari o‘rgatiladi. |
3 |
Atrof-muxitga buladigan ta’sirini baholash (AMBTB) |
Atrof muhitga bulayotgan ta’sirni baxolash moxiyati, jarayonning bosqichlari. Attrof muxitga buladigan ta’sir to‘g‘risida ariza; Ta’sirlarning xavflik darajasi bo‘yicha toifalari; atmosfera havosining ifloslantiruvchi manbalarning inventrazatsiyasi; ifloslantiruvchi moddalarning tarqalish xususiyatlari, summatsiya effekti, AMTB ni O‘zbekiston qonunchiligi va me’yoriy xujjatlarda aksi; ekologik ekspertiza, uni o‘tkazish bosqichlari, rejalashtirilayotgan korxonalarning tabiiy ob’ektlariga ta’siri; hududning ekologik kartasini tuzish. |
4 |
Kanalizatsiya va okova suvlarni tozalash(KOST) |
Oqova suv hisobi. Oqova suvlarni kanalizatsiyaga tashlash shartlari. Kanalizatsiya tarmog‘ini hisobi va konstruksiyasi. Oqova suvlarni tozalash. Tozalashning asosiy usullari. Oqova suvlarni kerakli tozalash darajasi. Tozalangan oqova suvlarni tabiiy havzaga tashlash shartlari. Oqova suv cho‘kmalariga ishlov berish usullari. O‘zbekiston respublikasida qishloq aholi punktlarida oqova suvlarni tozalash va undan foydalanish yo‘llari o‘rgatiladi. |
5 |
Tabiiy suvlar sifatini yaxshilash (TSSYa) |
Tabiiy suvlarni tozalashning texnologik sxemasi.. Suvni tozalashning asosiy usullari. Suvni reagentli va reagentsiz tozalash. Suvni zararsizlantirish. Suv sifatini yaxshilashning zamonaviy usullari (chuchuklashtirish, yumshatish, stabillashtirish, temirsizlashtirish) o‘rgatiladi |
6 |
Ekologiya |
Kishilik jamiyati taraqqiyoti va atrof muhit o‘zaro munosabati, hozirgi davrdagi biosferaning holati; tabiat muhofazasi ahamiyati, inson faoliyati, atrof muhit ifloslanishi; ekologik omillar organizmlarning moslashuvi, populyatsiyalar, ekotizimlar, ularning shakllanishi va faoliyat prinsiplari, xamjamiyatlarda biologik munosabatlarning shakllari, biosferaning barqarorlik asosiy sharti sifatida biologik xilma-xillik biomaxsuldorlik, biosferaga antropogen ta’sirlar; tabiiy resurslar, ularning tasnifi; tabiat muhofazasining asosiy prinsiplari o‘rgatiladi. |
7 |
Ekologik monitoring |
Ekologik monitoringning ilmiy-nazariy va metodologik asoslari va tamoyillari; ekologik monitoring turlari, geologik, biosferalik, kosmik monitoring; atmosfera havosini monitoringini tashkil qilish; suv ob’ektlarini va tuproq monitoringi; ekologik me’yorlash, suv va yer kadastri; chiqindilar monitoringi; ekologik monitoringning xalqaro jihatlari, O‘zbekiston Respublikasining ekologik monitoring tuzilmasi, ekologik monitoringning asoslari; ekologik bashorat asoslari, tamoiylari, ekologik bashorat usullari o‘rgatiladi. |
8 |
Suv resurslarini boshqarish (SRB) |
Suv resurslarini boshqarish zaruriyati va prinsipi. Suv resurslarini boshqarish turlari; Suv resurslarini miqdorini boshqarish zaruriyati va turlari; Suv resurslarini sifatini boshqarish zaruriyati va turlari; Dunyo miqyosida suv resurslarini miqdorini va sifatini boshqarish tajribasi va evolyusiyasi. Suv resurslarini daryo xavzasi va aloxida SXM katnashuvchilaridarajasida boshkarish, Suv resurslarini integrallashgan boshqaruvi, Suv resurslarini adaptiv boshqarish uslublari va tamoyillari, jarayonlari o‘rgatiladi. |
9 |
Ekologiya xukuki |
Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslar qonunchiligi mazmuni; ekologik-huquqiy dunyoqarash va madaniyatni shakllantirish; ekologiya qonunchiligini amaliyotda qo‘llanishi, tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi, ekologik nazorat huquqiy holati, ekologiya qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik, davlatlararo suvdan foydalanish huquqi, Orol dengizi havzasida suvdan foydalanish huquqi, ekologik siyosat mazmuni, ekologik siyosatda qo‘llanadigan mexanizmlar, O‘zbekiston respublikasining ekologik siyosati, ekologik indikatorlar; ekologik siyosatni amalga oshiruvchi davlat nodavlat institutlari. Barqaror rivojlanish konsepsiyasi, asosiy tamoiylari, O‘zR BR konsepsiyasini qo‘llanishi, xalqaro ekologik xamkorlik, tamoyillari, turlari; O‘zR xalqaro ekologik xamkorligi masalalari o‘rgatiladi. |
10 |
Ekologiya va suv huquqi |
Ekologik huquq. Suv ob’ekti. Davlatlararo suv ob’ektlari. Transchegaraviy suv ob’ektlari. Qonun. Konvensiyalar. Bitim. Shartnoma. Dekleratsiya. Doktarina. Suv qonuni tushunchasi va manbalari., mazmuni. Transchegaraviy suv xavzalari bilan bog‘liq ekologik muammolarni hal qilish asoslari va chegaralar, salohiyatlar. Xalqaro suv ob’ektlari sarhad sifatida. Suv ob’ektlari, atrof muhit va xalqaro sud. Xalqaro suv ob’ektlaridan foydalanishni tartibga solish va uning tamoyillari. Suv huquqining mavjud tizimlari. Islom dinida suv xuquqi tamoyillari. Xalqaro suv arteriyalari va ob’ektlarini boshqarishning yuridik strategiyasi elementlari o‘rgatiladi. |
11 |
Tabiatni muxofaza qilish va uni resurslaridan ratsional foydalanish – (TMK va URRF). |
Tabiatni insonga nisbatan funksiyalari; Biologik muvozanat, uni ahamiyati, buzilishini asosiy sabablari va oqibatlari. Tabiat resurslari: tushunchasi, tabiat resurslarining turlari va klassifikatsiyalari. Tabiiy resurslar xaqida ma’lumotlar. Tabiatni muhofaza qilishni metodologik asosi. Tabiatni muxofaza qilishni tabiiy-tarixiy (ilmiy) asosi. Tabiatni muhofaza qilishda inson va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqligi asosi. Atmosfera havosini muxofaza qilish asosi va uslublari. Suv resurslarini muxofaza qilishni ilmiy aosi va usullari. Suv muhitini va resursini ifloslanishdan, bulg‘alanishdan va miqdorini kamayib ketishdan muxofaza qilishni ilmiy asosi. Tuproq qatlamini muxofaza qilishni ilmiy asosi va usullari: O‘simlik dunyosi turlarini yo‘q bo‘lish yoki kamayib ketishdan muxofaza qilish asosi va usullari o‘rgatiladi. |
12 | Ichimlik suv ta’minoti inshootlari. | Ichimlik suv ta’minoti inshootlari. Asosiy suv ta’minoti inshootlari: suv olish va tarqatish inshooti, nasos stansiyasi, suv tozalash inshootlari majmuasi, rezervuarlar, bosimli suv minorasi, ekspluatatsiya xizmati bazasi hamda barcha inshootlar vazifalari o‘rgatiladi. |
13 | Ichimlik suv ta’minoti muxandislik tizimlari | Ichimlik suv ta’minoti muxandislik tizimlari, ichimlik suv ta’minoti asoslari nazariyasi, suv ta’minoti manbalari, suv ta’minoti inshootlari, suv tozalash asosiy usullari, ichki vodoprovod tarmoqlari va kanalizatsiyasi, ichki vodoprovod va kanalizatsiya hisobi va loyihasini bajarish o‘rgatiladi. |
14 | Ichimlik suv ta’minoti muxandislik tizimlari ekspluatatsiyasi | Ichimlik suv ta’minoti muxandislik tizimlari ekspluatatsiyasi, suv ta’minoti inshootlari belgilangan vazifasiga mos holda me’yorida ishlashini ta’minlash, o‘rnatilgan darajadagi himoyalanganligini ta’minlash, suv ta’minoti muxandislik-texnik tizimlarini avariyasiz ishlashini ta’minlash o‘rgatiladi. |
15 | Ichimlik suv ta’minoti muxandislik tizimlarini avtomatlashtirish | Ichimlik suv ta’minoti muxandislik tizimlarini avtomatlashtirish, texnoligik ko‘rsatkichlarini avtomatik nazorat qilish, texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish, namunaviy texnologik ko‘rsatkichlarni |
16 | Suv tozalash texnologiyasi | Suv tozalash texnologiyasi, oqova suvlarini tozalash texnologiyasi, ichimlik suvini tozalash texnologiyasi, oqova suvlarini tozalash usullari, suvlarni tozalashni fiziko-kimyoviy usullari, elektroximiyaviy tozalash usullari, biologik tozalash usullari o‘rgatiladi. |
17 | Oqova suvlarini qayta ishlatish asoslari | Oqova suvlarini qayta ishlatish asoslari, oqova suvlarini tozalash usullari, ichimlik suvi darajasigacha tozalash, aholi punkidan chiqayotgan oqova suvlarini ishlab chiqarishda foydalanish shartlari, oqova suvlaridan texnik va umumiy maqsadlarda ikkilamchi foydalanish o‘rgatiladi. |
Magistratura bosqichida
№ |
Fanlarni nomi |
Fan xaqida qisqacha ma’lumot |
1 |
Suv resurslaridan mukammal foydalanish va ularni muxofaza qilish (SRMF va UMK) |
Suv – tabiiy resurs, suvning tabiatdagi o‘rni, suv resurslarini boshqarishning zaruriyati va maqsadi, suv resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish; suv – odamlarni hayot faoliyatida boshqarish ob’ekti, zaruriyati, maqsadi, suv resurslarini boshqarishning turli usullari, suv resurslarini boshqarishning oqibatlari; ilmiy asosi, suv resurslarini muhofaza qilishning usullari va bosqichlari; suv resurslaridan ratsional foydalanishning hamda uni e’zozlashning asosiy yo‘llari va uning texnik yechimlari, xalq xo‘jaligining turli sohalarini suv bilan ta’minlash usullari o‘rgatiladi. |
2 |
Suv resurslarini boshqarish (SRB) |
Xalq xo‘jaligining turli sohalaridagi suv iste’moli tartibi hamda suv resurslarining miqdori va sifatini vaqt va makonda o‘zgarishi (asosiy shakllanish manbasi bilan bog‘liq holda) o‘rtasidagi nomutanosiblik, daryo va boshqa suv ob’ektlariga talab darajasida yoki umuman tozalanmagan oqova suvlarning tashlanishi munosabati bilan suv resurslarining ifloslanishini ortib borishihamda ularning sifati va miqdorini boshqarish zaruriyati va uslullari. Xo‘jalik hisobi va bozor iqtisodiyoti sharoitida suv resurslarini miqdori va sifatini boshqarishning asosi, uslublari va tamoyillari, suv mikdoridagi vaqtinchalik o‘zgarishning suv iste’moli tartibiga moslashtirish, me’yoriy talablar darajasida suvni ta’minlash uchun qo‘llaniladigan suv sifatini yaxshilash tadbirlari o‘rgatiladi. |
3 |
Ekologik ekspertiza |
Atrof — muhit holatini va unga nisbatan insonning xo‘jalik faoliyatini va ayniqsa suv va qishloq xo‘jaligini yuritishning salbiy ta’sirlarini va oqibatlarini aniq va to‘g‘ri baholash, mavjud amaldagi qonunlar va me’yoriy hujjatlar mazmunidan kelib chiqib atrof — muhitga ta’sir etuvchi tadbirlarni ekologik — ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligini aniqlash uslublari, atrof — muhitga ko‘rsatiladigan salbiy ta’sirlarning oqibatlarini bartaraf qilish tadbir — choralari majmuasini asoslash, iqtisodiy samarador va ekologik bezarar, xavfsiz texnologik yechimlarni tanlash va asoslashni o‘rgatiladi. |
4 |
Qishloq xo‘jaligi suv ta’minoti va kanalizatsiya – KXST va K |
Qishloq sharoitidagi axoli punktlarining suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini loyixalash. Manbadan suv olishda qo‘llaniladigan asosiy inshootlar, suv xo‘jaligi ob’ektlarida qo‘llaniladigan nasoslar; ularning konstruksiyasi, qo‘llash va ekspluatatsiya qilish usullari; quvurli quduq nasoslari; ularning turi va konstruksiyasi, skvajina nasoslarini ekspluatatsiya qilishning muhim jihatlari o‘rgatiladi. |
5 |
Xalqaro va davlat suv munosabatlari |
O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuni, suvdan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining suvdan cheklangan tartibda foydalanish haqidagi qarori, suvdan foydalanish bo‘yicha ruxsatnoma berish tartibi va qoidalari; suv taqsimoti bo‘yicha xalqaro tamoyillar, transchegaraviy suv havzalardan foydalanish bo‘yicha xalqaro kelishuv va bitimlar; O‘rta Osiy va Orol dengizi havzasida suv resurslardan foydalanish strategiyasi va uning o‘ziga xosligi o‘rgatiladi. |
6 |
Agroekologiya |
Agrar faoliyat bilan bog‘liq inson va atrof muhit o‘zaro munosabati, agrar sohada inson faoliyati, atrof muhit ifloslanishi; ta’sir etuvchi asosiy omillar, agroekotizimlarda biologik munosabatlarning shakllari, agroekotizmlar tuzilmasi, asosiy namunalari va ularning dinamikasi. Agroekologik barqarorlik asosiy shartlari, agroekologiyada tabiat muhofazasining asosiy prinsiplari o‘rgatiladi. |
7 |
Tabiat muhofazasining nazariy asoslari |
Atrof muhit muhofazasining asosiy prinsiplari va yondashuvi. Energetik resurslar muammolarini yechish yo‘llari. Ifloslantiruvchi moddalarning asosiy turlari va fizik kimyoviy xossalari. “Issiqxona effekti” muammosini yechishda atmosferaga uglerod qo‘shoksidini chiqishini kamaytirish yo‘llari. Suv resurslarini ifloslanishdan muhofaza qilish. Litosferani chiqindilardan muhofaza qilish. O‘simlik xomashyo chiqindilarini qayta ishlash. Qattiq maishiy chiqindilar utilizatsiya qilish asosiy prinsiplari. |