Yoshlar bilan uchrashuv
Joriy yilning 3 mart kuni “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi o‘qituvchilari Parkent tumani 2 - sonli kasb - hunar maktabi o‘quvchilari bilan “Tumandagi suv resurslari va ularni muhofaza qilish chora - tadbirlari” mavzusida o‘quv - amaliy seminar o‘tkazildi. Tadbirda kafedra professori B.Abdullayev bugungi kundagi butun jahonda va O‘zbekistonda suvga bo‘lgan talab va ularni muhofaza qilish bo‘yicha olib borilayotgan chora - tadbirlar haqida maktab o‘quvchilariga taqdimot ko‘rinishida ma’ruza qilindi. Ma’ruza savol - javob ko‘rinishida olib borildi va barcha o‘quvchilar, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Ushbu tadbirni tashkil qilgan Parkent tumani 2 - sonli kasb - hunar maktabi direktori J.Ro‘ziyev va uning jamoasiga minnatdorchilik bildiramiz.
Universitet matbuot xizmati