Tashabbuskorlik - tyutorlik talabi

Gidromelioratsiya fakulteti tyutori Egamova Dilbar oʻziga biriktirilgan 113 - guruh talabalari bilan birgalikda bir nechta maʼrifiy sayohatlarni uyushtirib kelmoqda. Zulfiyaxonim tavalludining 107- yilligi munosabati bilan “Adiblar xiyoboni”ga tashrif buyurildi. Talabalar buyuk isteʼdod egasi Zulfiyaxonim qalamiga mansub sheʼrlardan oʻqib uning hayoti va ijodi haqida dildan suhbatlashildi.

Tyutorning bu tashabbusi GM fakulteti talabalari uchun juda marokli va sermazmun boʻldi desak, mubolagʻa boʻlmaydi sababi fakultet tyutorlari  D. Egamova, D. Axrarova va K. Yakubovlar oʻzimizga biriktirilgan guruh talabalari bilan “Adiblar xiyoboni”ga navbatdagi sayohatni uyushtirdik. Soʻngra  D. Egamova GM - 102 - guruh talabalari bilan xiyobon hududida joylashgan Toshkent muzeyiga ham tzshrif buyurishdi. Talabalar poytaxtimiz tarixi va buguni bilan bogʻliq eksponatlar bilan yaqindan tanishishdi. 

  Universitet matbuot xizmati