"REFERENDUM" yuzasidan "Yangi O'zbekiston va inson huquqlari" mavzusida davra suhbati...

     "Gidromelioratsiya" fakulteti tashabbusi bilan  fakultetning 50 nafar talabalari uchun Mirzo ulug'bek tumani "Darxon" mahalla fuqarolar yig'inida Mirzo ulug'bek tuman adlya bo'limi bilan hamkorlikda "Yangi O'zbekiston va inson huquqlari" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

       Ushbu davra suhbatida  "Gidromelioratsiya" fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari B.To'ychiev, fakultet tyutorlari A.Shonazarov, Z.Tursunova, G.Ahmadjanova, O'. Usmonov, D.Ahrarova va  Mirzo ulug'bek tumani "Darxon" mahalla fuqarolar yig'ini raisi S.Yuldashev hamda Mirzo ulug'bek tuman adlya bo'limi hodimlari M.Usmonaliyev, B.To'raqulov, A.Jumaniyozovalar ishtirok etishdi.

        Mirzo ulug'bek tuman adlya bo'limi hodimi M.Usmonaliyev "Yangi O'zbekiston va inson huquqlari" mavzusida gapirib bu borada O'zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasiga kiritilayotgan o'zgarishlar to'g'risida to'htalib o'tdi va talabalar tomonidan berilgan savolga tuman adlya bo'limi hodimi B.To'raqulov javob berdi.