REFERENDUMDA “OILA KODEKSI”dagi o‘zgarishlar yuzasidan davra suhbati...

    "Gidromelioratsiya" fakulteti tashabbusi bilan  fakultetning 68 nafar talabalari uchun Mirzo Ulug'bek tumani adlya bo‘limi qoshidagi-FHDYO bo‘limida O’zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasining oila kodeksiga kiritilayotgan o‘zgarishlar to‘g‘risida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

    Xususan oilaviy ajrimlarning oldini olish maqsadida Oila kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini Oliy Majlis palatasiga kiritildi.

    "Ajrim bo‘yicha sudga ariza berilganda sud uch kun ichida mahalla fuqarolar yig‘iniga shu haqida ma'lumot berishi kerak, chunki u yerda yarashtiruv komissiyasi bor, kengashlarimiz bor. Demak, o‘sha oilani saqlab qolish, xabardorlikni oshirish uchun shunday qilinishi kerak - ana shu masala kiritilyapti.

Yana bir yangilik aliment undirish bo‘yicha ilgari jinoiy javobgarlik bor edi, hozir esa ma'muriy javobgarlik ham kiritilyapti. Bu yerda bola huquqlari inobatga olinyapti va nafaqat jinoiy javobgarlik, balki fuqarolik ishi bo‘yicha javobgarlikka tortilyapti.

  Har bir tuman miqyosida og‘ir sharoitda yashayotgan, nochor, nogironligi bor, muddatni o‘tab kelgan - shunday toifadagi ayollar bilan alohida manzilli ishlanmoqda. Bunday ayollarning ro‘yxati tuzilib, birinchi navbatda, ularni ish bilan ta'minlash choralari ko‘riladi. Ana shunday manzilli ish bilan ta'minlash dasturlari butun respublikada har bir tumanda sektorlar miqyosida bo‘lmoqda.

    Shuningdek, ayollar orasida huquqiy bilimlarni oshirish masalasiga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Shu huquqiy savodxonligi yo‘qligi tufayli ham bular noto‘g‘ri yo‘llarga kirib ketmoqda. Ko‘p jinoyatlarni tahlil qilganda, ko‘riladiki, ayollar orasida firibgarlik va o‘g‘irlik jinoyatlari juda ko‘p bo‘lyapti. Bu ayollarning huquqni bilmasligi, iqtisodiy bilimlari pastligi natijasidir.

    Birinchi marta jinoyat sodir etganlar kafillik ostida (masalan, Xotin-qizlar qo‘mitasi yoki Yoshlar ittifoqi kafilligi ostida) doimiy tarzda biriktirilgan tashkilotlar nazorati ostiga olinadi va bu jinoyatchilikning oldini olishda katta rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, ayollarga ham yengillik yaratadi", - deydi FHDYO bo’lim hodimi.


Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari B.To'ychiev