"HYDROLEADERS" nomli Iqtidorli talabalar to'garagi..

       Gidromelioratsiya fakultetida "Hydroleaders" nomli Iqtidorli talabalar to'garagi a'zolari 2023 yilning 2 fevral kuni fakultetning 2022-2023-o'quv yilida 1-kursga qabul qilingan talabalari bilan seminar trening o'tkazdi. Ushbu seminardan maqsad 1-kursga tavsiya qilingan talabalar ichidan iqtidorli talabalarni saralab olish hisoblanadi. Ushbu seminar-treningda unversitetimiz ilmiy ishlar bo'yicha prorektopi T.Sultonov, fakultet dekanati a'zolari ishtirok etishdi.
       Tadbir yakunida tadbir tashkilotchilari yig'ilishda faol ishtirok etgan talabalarga esdalik sovg'alarini topshirishdi.