“Giyohvandlik va giyohvandlik jinoyatlarining salbiy oqibatlari”
2022 yilning 17 iyun kuni “Gidromelioratsiya” fakulteti talabalari uchun “Giyohvandlik va giyohvandlik jinoyatlarining salbiy oqibatlari” to`grisida yoshlarning xabardorligini oshirishga qaratilgan davra suhbati bo`lib o`tdi.
Davra suhbatida Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi Mirzo Ulug`bek tumani Jinoyat qidiruv bo`limi xodimi podpolkovnik Abdurahmonov Ulug`bek Oybekovich xamda Mirzo Ulug`bek tuman tibbiyot birlashmasi shifokori Saipova Gulsara Mansurovna o`zlarining fikr mulohazalari bilan ishtirok etib mavzu yuzasidan talabalarga kerakli tushunchalarni berib o`tdi. Tadbir savol javoblarga boy, ko`tarinki ruhda o`tkazildi.