Gidromelioratsiya fakultetida joriy yilning 9-11 fevral kunlari "DEKAN KUBOGI-2023" ...

     2023 yilning 9-11 fevral kunlari Gidromelioratsiya fakulteti talabalari uchun sportning FUTBOL, VOLEYBOL VA STOL TENNISI turlaridan  "DEKAN KUBOGI-2023" bahslari bo'lib o'tishi belgilangan bo'lib, 9 fevral kuni sportning voleybol va stol tennisi turlaridan musobaqa bo'lib o'tdi. Ushbu musobaqalarda voleyboldan jami 8 ta jamoa, stol tennisidan 14 nafar qiz ishtirok etishdi.

      Natijalarga ko'ra o'g'il bolalar o'rtasida sportning voleybol turidan fakultetning 310-guruh talabalari 1-o'rinni, 303-guruh talabalari 2-o'rinni, 311-guruh talabalari   3-o'rinni qo'lga kirirtishgan bo'lsa, stol tennisi turidan 212-guruh talaba qizlari Oskanova O'raloy 1-o'rinni,  Otaboyeva Madina 2-o'rinni, 213-guruh talabasi Eshonova Ma'mura 3-o'rinni qo'lga kiritishdi. 

Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari B.To'ychiev.