2022 yilning 10 noyabr kuni “Gidromelioratsiya” fakulteti ijarada yashovchi talabalari uchun "Is gazi va uning salbiy oqibatlari" mavzusida davra suhbati...

        2022 yilning 10 noyabr kuni “Gidromelioratsiya” fakulteti  talabalari uchun "Is gazi va uning salbiy oqibatlari" mavzusida Toshkent shahar yong‘inga qarshi kurashish jamiyati nazoratchisi Aripov Anvar Abduxalilovich, Mirzo Ulug‘bek tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi inspektori Bayturganov Davlat Fozilbekovich va  Mirzo Ulug‘bek tuman gaz xodimi Shoraxmedov Xusniddin Xusanovichlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. 

          Kun tartibidagi masala bo‘yicha, Mirzo Ulug‘bek tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi inspektori Bayturganov Davlat Fozilbekovich chiqishida kuz-qish mavsumini betalovat o‘tkazish yuzasidan tushuncha berish bilan birga, kunlar sovishi bilan xonalarni isitishga bo‘lgan talab oshishini, xona isitishda turli xil vositalardan foydalanish mumkinligini tushuntirib, bu kabi vositalarga turli xil to‘k plitalar, atapleniyalar, quvirli pechkalar, kamenlar kirishini ushbu vositalardan foydalanishda turli xil yonuvchi xo‘jalik mollaridan foydalanishni buning o'z navbatida zararli taraflari to'g'risida atroflicha to'xtaldi.           
    

                                                            Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari B.To'ychiev