Futbol, voleybol, basketbol, shaxmat, stol tennisi sport turlari boʻyicha rektor kubigiga fakultet bosqichi...
Xabaringiz bor 2023-yil 11-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev raisligida Yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetida futbol, voleybol, basketbol, shaxmat, stol tennisi sport turlari boʻyicha rektor kubigi tashkil etilmoqda.
Shu sababli “Gidromelioratsiya” fakultetida 2023 yilning 14 aprel kuni sportning futbol, voleybol, basketbol, shaxmat, stol tennisi turlaridan fakultet bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Natijaga ko‘ra sportning MINI FUTBOL turidan jami 16 nafar guruh ishtirok etib
1-o‘rin 2-bosqich 215-guruh Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish yo‘nalishi tashkil topgan jamoaga;
2-o‘rin 2-bosqich 208-guruh Gidralogiya (Daryo va suv omborlari gidrologiyasi) yo‘nalishidan tashkil topgan jamoaga;
3-o‘rin 3-bosqich 108-guruh Gidrologiya (daryo va suv omborlari gidrologiyasi) yo‘nalishidan tashkil topgan jamoaga nasib etgan bo‘lsa,
VOLEYBOL turidan jami 6 ta guruh bahslariga ko‘ra
1-o‘rin 1-bosqich 109-guruh Meliorativ gidrogeologiya yo‘nalishidan tashkil topgan jamoa;
2-o‘rin 1-bosqich 106-guruh Suv xo‘jaligida innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish yo‘nalishidan tashkil topgan jamoa;
3-o‘rin 2-bosqich 207-guruh Gidralogiya (Daryo va suv omborlari gidrologiyasi) yo‘nalishidan tashkil topgan jamoa qo‘lga kiritdi.
Sportning BASKETBOL turidan jami 3 ta jamoa bahs yurtdi va natijaga ko‘ra
1-o‘rin 3-bosqich 303-guruh Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish yo‘nalishidan tashkil topgan jamoa egalladi.
Sportning SHAXMAT turidan (o‘g‘il bolalar o‘rtasida) jami 13 nafar talaba ishtirok etib, natijaga ko‘ra
1-o‘rin 3-bosqich 319-guruh Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish yo‘nalishi talabasi Erkinov Abror Akmal o‘g‘li;
2-o‘rin 3-bosqich 317-guruh Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish yo‘nalishi talabasi To‘Lqinov Javlonbek Bahodir o‘g‘li;
3-o‘rin 3-bosqich 302-guruh Suv xo‘jaligi va melioratsiya yo‘nalishi talabasi Isoqov Nurislom Sodiq o‘g‘li loyiq deb topildi.
SHAXMAT turidan (qiz bolalar o‘rtasida)
1-o‘rinni 2-bosqich 209-guruh Meliorativ gidrogeologiya yo‘nalishi talabasi Mustafaqulova Fozila Biloliddin qizi band etdi.
STOL TENNISI sport turidan (o‘g‘il bolalar o‘rtasida) jami 18 nafar davogar talabalar o‘rtasida:
1-o‘rin 2-bosqich 207-guruh Gidralogiya (Daryo va suv omborlari gidrologiyasi) yo‘nalishi talabasi Shoimqulov Baxtiyor Qodirqul o‘g‘li;
2-o‘rinni 2-bosqich 207-guruh Gidralogiya (Daryo va suv omborlari gidrologiyasi) yo‘nalishi talabasi Burxonov Sarvar Ilxom o‘g‘li egalladi.
STOL TENNISI sport turidan (qiz bolalar o‘rtasida) jami 13 nafar davogarlardan
1-o‘rinni 2-bosqich 212-guruh Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo‘yicha) yo‘nalishi talabasi Otaboyeva Madina Baxtiyor qizi.
2-o‘rinni 2-bosqich 209-guruh Meliorativ gidrogeologiya yo‘nalishi talabasi Mustafaqulova Fozila Biloliddin qizi
3-o‘rinni 1-bosqich 111-guruh Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi yo‘nalishi talabasi Yarbekova Moxinur Mirzabek qizi band etdi.