Alisher Navoiy tavaludining 582 yilligi Gidromelioratsiya fakulteti talabalari nigohida...

    Sheriyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan Gidromelioratsiya fakulteti talabalari poytaxtimizda o'rnatilgan Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo'yishdi. Universitetimiz madaniyat saroyida shoir tavalludi munosabati bilan o'tkazilgan bayram tadbirida ishtirok etishdi hamda talabalar turar joylarida o'z g'azalu-asarlari bilan butun dunyoni lol qoldirgan shoir nomi uchun o'tkazilgan kechada munosib ishtirok etib ushbu bobokolonimiz qilgan ijobiy ishlari to'g'risida fahr-iftihor bilan  eslashdi.