Ta’lim sifati kuni

                 “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti rektorining 2022 yil 14 fevraldagi –sonli buyrug’ida kafedralarda “Ta’lim sifati kuni” grafik asosida tashkil etish belgilangan.

                     Joriy yilning 26 fevral shanba kuni grafik bo‘yicha “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilar G-bino 501-xonada soat 1000 dan 1200 gacha “Ta’lim sifati kuni” seminari bo‘lib o‘tdi.

                “Ta’lim sifati kuni” seminariga Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor professor A.T.Saloxiddinov va Gidromelioratsiya fakulteti dekani A.M. Fatxullayevlar tashrif buyurdi. Seminarda kafedra professor-o‘qituvchilar kelgusi haftada fanlardan o‘tiladigan mavzular bo‘yicha taqdimotlar qilishdi. Seminar qizg‘in baxslarga boy ruhda bo‘lib o‘tdi. Bunda professorlar o‘z tajribalarini yosh o‘qituvchilar bilan o‘rtoqlashib, zarur tavsiyalar berdilar.