Diniy ekstremizm – yoshlar kelajagiga tahdid

Insoniyat hayotiga qutqu soluvchi illatlardan biri diniy ekstremizmdir. 2018 yil 5 dekabr kuni “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi tomonidan 3-TTJda “Diniy ekstremizm – yoshlar kelajagiga tahdiddir” mavzusiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Tadbir masʼullari dos. Sh.Ch.Botirov, dos. S.A.Kasimbetova, ass. G.T.Axmedjonova, ass. D.O.Abduraimova, ass. D.G.Yulchiyev, ass. A.Dolidudko, ass. M.S.Hayitova, staj.oʻqituvchi Sh.Azizov.

Tadbirda talaba yoshlarga bugungi kunda dunyoning turli mintaqa va hududlarida avj olayotgan qarama-qarshiliklar, qonli toʻqnashuvlar, musulmon dunyosidagi turli oqimlar oʻrtasida kuchayib borayotgan nizo va ziddiyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdimot hamda videorolik orqali tushuntirib berildi. Shu bilan bir qatorda talabalarga tinch va osuda hayotimizni tinchligini asrash har bir insonning burchi ekanligi va doimo ogoh boʻlishimiz zarurligi izohlandi. Tadbir juda qiziqarli va savol javoblarga boy tarzda oʻtdi.

“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi staj.oʻqit. M.Hayitova axboroti

Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov