Ochiq amaliy mashgʻulot

Bugun institutimizning “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi assistenti Hayitova Mahbuba Safarovnaning 3 bosqich 313-guruh talabalariga “Tuproqdagi tuzlarning tarkibi va ularning oʻsimliklarga zararlilik darajasi” mavzusida Ochiq amaliy mashgʻulot darsini oʻtdi. Ochiq darsda Gidrometerologiya ilmiy-tekshirish instituti kichik ilmiy xodimi Gafurov A.A., Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi professor-oʻqituvchilari ishtirok etishdi. Mashgʻulot avvalida oʻqituvchi talabalarga tuproqdagi tuzlarning tarkiblari toʻgʻrisida tushunchalar berish bilan boshladi. Shuningdek, tuproqning shoʻrlanish sabablari tushuntirib oʻtdi va talabalarni har biriga alohida topshiriqlar berdi. Dars soʻngida mashgʻulotda faol ishtirok etganlikka qarab oʻqituvchi har bir talabani baholab bordi. Amaliy mashgʻulot darsi talabalar va oʻqituvchi oʻrtasida oʻzaro fikr-almashinib, savol-javob tarzida qiziqarli oʻtkazildi.

“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi assistenti Xayitova Maxbuba axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov