"TIQXMMI" MTUga 2022-2023 o'quv yilida "Gidromelioratsiya" fakultetitining 1-kursiga qabul qilingan 256 nafar talabalar bilan 2022 yilning 5 sentyabr kuni  fakultet dekanining tanishuv uchrasuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuv davomida fakultet dekani universitet rahbariyati, mavjud fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va dekanat hodimlarini talabalarga tanishtirib o`tdi. Shundan so'ng talabalarimiz uchu “Yangi O'zbekistonda el aziz, inson aziz” nomli bosh g'oya asosida “Mustaqillik darsi” tashkil etildi.