“Gender tenglik” mavzusidagi davra suhbati
Institutning “Pedagogika, psixologiya va o'qitish metodikasi” kafedrasi katta o'qituvchisi, PhD Mustafoyeva Durdona Asilovna O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-noyabrdagi “Xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash, ular o'rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 919-son qarori, O'zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta'minlash maqsadidagi 2019-yil 28-dekabr kuni Oliy Majlis Senatida O'zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo'yicha komissiyasining majlis bayoni ijrosini ta'minlash maqsadida 3-sonli talabalar turar joyida Gidromelioratsiya fakulteti 1-bosqich talaba-qizlari bilan davra suhbati olib bordi. Suxbatda respublikamiz taraqqiyotida, hoh u ilm-ma'rifat, siyosat yoki iqtisoddami, vaholanki barcha jabhalardagi xotin-qizlarning rolini oshirish, qizlarning oiladagi o'rni, ularni jamiyatdagi nufuzini yanada oshirish bo'yicha fikr-mulohaza almashildi.
TIQXMMI matbuot xizmati