“Mustaqil ta’lim va uni tashkil etish metodikasi”

Ta’lim sohasida bo‘layotgan har bir  o‘zgarish jamiyatimiz ravnaqiga ijobiy ta’sir qilishiga shubha yo‘q. Mamlakatning intellektual salohiyatini oshirish, davlat ta’lim standarti talablariga javob bera oladigan, yetuk, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda muhim omil hisoblanadi. Qaysi sohada bo‘lmasin bilimlarni mustaqil ravishda egallashga intilish – talaba faoliyatining ta’lim muassasasidagi eng ajralib turadigan xususiyati, mustaqil o‘qib, bilim orttirish asosi hisoblanadi. Ta’lim tizimida mustaqil bilim olish, nazorat qilish mustaqil ta’lim olishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Mustaqil bilim olishda avvalo, talabalarda mustaqil ishlashga, erkin, ijodiy faoliyat yuritishga va eng asosiysi mustaqil fikrlashga ehtiyojni shakllantirish lozim. Yuqorida so‘z yuritganimizdek Pedagogika, psixologiya va o‘qitish metodikasi o‘qituvchisi Xoshimova Masuda Kamiljanovna “Mustaqil ta’lim va uni tashkil etish metodikasi” mavzusida Ochiq ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi. Mustaqil ta’limni o‘zlashtirishda  talabalarga kun davomida o‘zlashtirish darajasi quyidagicha tushintirib o‘tildi:

-Ertalabki soat 7.00 dan so‘ng ish qobiliyati oshadi, so‘ngra esa soat  9.00 dlan 11.00 gacha odamlardan eng yuqori daraja deb nomlanganoptimal ish qobiliyati kuzatiladi. 12.00-13.00 larda qobiliyat pasayadi va soat 14.00 -15.00  larda borib eng pastki darajaga tushadi.

-Soat 15.00 dan keyin qobiliyat bir oz ko‘tariladi va shu holatda 17.00 -19.00 gacha o‘zgarmaydi, ba’zi bir odamlarda soat 20.00dan so‘ng yana “Yuqori faollik darajasi” paydo bo‘ladi va u soat 10.00 gacha saqlanadi. Shundan so‘ng talabalar bilan savol javoblar o‘tkazildi. Ma’ruzada kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

         O‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisi Maftuna Tosheva axboroti