Qizg‘in musobaqa

Yutish va yutqizish hayotda ham, sport muobaqalarida ham bor. Baxt va omadni qarshilash, muvaffaqiyat quchish yoki mag‘lubiyat alami har bir inson umriga mezon. Shunday ekan, yutish lazzati va yutqizish alamining qaysi jamoaga xosligini bilish uchun o‘yin jarayonini tomosha qilish kerak. Qizg‘in musobaqalar davom etadi.
Joriy yilning 11 noyabr kuni “Gidromelioratsiya” fakulteti talabalari o‘rtasida dekan kubogi musobaqasi o‘tkazildi. Futbol o‘yini natijasiga ko‘ra 1 – o‘rin 3 kurs terma jamoasiga kulib boqdi. 4 kurs jamoasi 2 o‘rinni, 3 – o‘rinni esa 202 – guruh talabalari egallashdi.
Ushbu musobaqa talabalarning bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib "Sog‘ tanda sog‘lom aql" Yoshlarga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgani bilan xarakterlanib turadi.

“GM” fakulteti dekan o‘rinbosari Xayrullo To‘ychiyev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov