Munosib nomzod

Munosib insonlarni rag‘batlantirish, ularning nomzodini ko‘rsatish orqali qo‘llab - quvvatlash doimiy e’tiborning nishonasidir. Bu esa yoshlarning innovatsion ixtirolar sari intilishi va izlanishiga bois bo‘ladi. 
2018 yil 10 noyabrda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani hokimiyatida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlar tanlovi bo‘lib o‘tdi. 
Ushbu nomzodga "Gidromelioratsiya" fakultetining 3-bosqich talabasi Otaxonova Olimaxon munosib ko‘rildi va u faol ishtirok etdi.
Ayni damda u ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘z taqdimotlarini ham namoyish etib ko‘pchilikning diqqatiga sazovor bo‘ldi. 

   

Institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulfiya Hafizova axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov