Oshkora ochiq muloqot

Xolislik va oshkoralikka qaratilgan davra suhbatlari va ochiq muloqotlar katta ahamiyatga ega bo’lishi tabiiy. Muammolarning ochiq aytilishi va ularning yechimi ana shundagina o’z ro’yobini ko’rsatadi. 11-aprel kuni GIM fakulteti hamda GM fakultetining bir guruh talabalari bilan jamoat tashkilotlari o'rtasida "Ochiq muloqot" tashkil etildi. Unda, institut yoshlar yetakchisi, har ikkala fakultet yoshlar ittifoqi yetakchilari ishtirok etishdi. Ochiq muloqotda institutdagi, fakultetdagi o'quv jarayoni, ta'lim-tarbiya va muammoli vaziyatlar xususida fikr yuritildi. Talabalar ochiq muloqotda 5 ta eng dolzarb fakultetlardagi muammolarni jamoat tashkiloti vakillariga aytib o'tishdi. Muammolar, talabalarning fikrlari institut rahbariyatiga taqdim etiladi va umumiy yig'ilishlarda muhokama etiladi.

Institut matbuot kotib Rahimboy Jumaniyozov ma'lumoti