Ma’rifatli manfaat

2018-yil 30-noyabr kuni TTJ-3 da “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi assistenti Mardiyev Shaxboz hamda tarbiyachi pedagog Xaitova Aziza tomonlaridan tashkillashtirilgan “Zakovat bilimdonlari” intelektual o‘yinlarining dastlabki bosqichi “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” yo‘nalishi 1-kurs talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “Yoshlar” hamda “Kamolot”  jamoalari o‘zaro bahs olib borishdi. 10 ta savoldan iborat bo‘lgan intellektual o‘yinda talabalar o‘zlarining bor mahoratlarini, jamoaviy ahilliklarini namoyon qila olishdi. O‘z navbatida “Gidromelioratsiya” fakulteti dekani A.Fatxulloyev  hamda dekan muovinlari tadbirning keyingi bosqichlarini yanada qizg‘inroq o‘tkazilishi yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirib o‘tdilar. Tadbir yakunida umumiy ballar ishtirokchilar e’tiboriga taqdim qilindi.  “Yoshlar” jamoasi 3-ballni, “Kamolot” jamoasi esa 2-ballni to‘plashdi. Keyingi bosqichga “Yoshlar” jamoasi yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi assistenti Sh.Mardiyev axboroti axboroti

Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov