Iqtidorli talabalardan nazmiy tuhfa

 Inson o`z umri davomida ko`p ishlar qilishga o`zidagi qobiliyatlarni namoyon etishga intiladi. Bu kabi maqsadlarga erishishda ilk qadam juda muhimdir. Yaqindagina institutimiz bir guruh ijodkor va iqtidorli talabalari Nazarov O`lmas, Rustamova Maftuna, Amankulova Hilola, Noila, Aliqulova Shahnoza va Sayfiddinlar o`z ijod namunalarini birlashtirgan holda yaxlit “Yoshlik sururi” nomli she’riy to’plamini chop etishdi.

 

 Bu voqea faqatgina ular uchun emas, balki bizning institutimizdagi barcha ustozlar va talabalar  uchun ham quvonarlidir!

Ushbu she’riy to`plamni chop etishda yaqindan ko`mak bergan 3-TTJ tarbiyachi pedagogi Aziza Xaitova hamda prorektor Qodirjon Shavazovga o`z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Ijodkor talabalarimizning ijodlariga esa ulkan zafarlar tilab ulardan yana yangi ijod namunalarini kutib qolamiz.

YRB fakultet yoshlar matbuot kotibi Sh.Hamidullayev axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov.