“SUSADICA - Markaziy Osiyoda qishloq xoʼjaligini barqaror rivojlantirish” doktorantura (PhD) maktabi loyihasi tayanch doktorantlarining joriy yil uchun hisobotlari

    Joriy yilning 5-6- noyabr kunlari Germaniyaning Folksvagen (Volkswagen Stiftung) fondi koʼmagida Germaniyaning Leybnits Oʼtish davri iqtisodiyoti mamlakatlarida qishloq xoʼjaligini rivojlantirish (IAMO) ITI va TIQXMMI hamkorligida tashkil etilgan “SUSADISА - Markaziy Osiyoda qishloq xoʼjaligini barqaror rivojlantirish” doktorantura (PhD) maktabi loyihasi tayanch doktorantlarining 2020 yil davomida olib borgan ilmiy tadqiqotlari boʼyicha hisobotlari xamda ilmiy faoliyatlari muhokamasi boʼlib oʼtdi. Zoom platformasi orqali tashkil etilgan uchrashuvda Germaniyaning bir qator universitetlari professorlari, TIQXMMIning professor-oʼqituvchilari hamda loyiha kordinatori va doktorantlari ishtirok etishdi. Onlayn tashkil etilgan ushbu uchrashuvda dastlab Prof. Martin Petrik SUSADISА loyihasi boʼyicha bir yil davomida amalga oshirilgan ishlar, tashkil etilgan uchrashuvlar va modul kurslar boʼyicha toʼxtalib oʼtdi. Shundan soʼng, Markaziy Osiyoda qishloq xoʼjaligining barqaror rivojlanishi bilan bogʼliq masalalarga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy hamda ekologik yoʼnalishlarni qamrab oluvchi “Oʼzbekistonda shakllanayotgan klaster tizimi boʼyicha paxta yetishtirishning iqtisodiy tahlili”, “Markaziy Osiyoda oʼsimliklar diversifikatsiyasi: siyosat, hal qiluvchi va ijtimoiy omillar”, “Iqlim oʼzgarishining sugʼorma dehqonchilikka taʼsiri va Markaziy Osiyoda moslashish imkoniyatlari” va “Oʼzbekistonda suvni toʼgʼridan-toʼgʼri yoki bilvosita boshqarishni tadqiq etish” kabi mavzular doirasida ilmiy izlanish olib borayotgan doktorantlarning hisobotlari tinglandi. Yigʼilish ishtirokchilari oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi hamda professorlar tomonidan doktorantlarga ilmiy yoʼnalishlari boʼyicha qoʼshimcha maslahatlar berib oʼtildi. Ikki kun davom etgan ushbu onlayn uchrashuvda yortilgan mavzular bugungi kun uchun dolzarb xisoblanib, qizgʼin munozara va muhokamalarga boy boʼldi va yakuniy qismida keyingi yil uchun rejalar tuzildi.
 Quyidagi linklar orqali loyiha toʼgʼrisida toʼliqroq maʼlumotga ega boʼlishingiz mumkin:
Website: https://www.iamo.de/en/research/projects/details/susadica/
Facebook: https://www.facebook.com/susadica/
Telegram: https://t.me/SUSADICA_in_TIIAME

 

TIQXMMI matbuot xizmati