Fakultet yangiliklari

Bugun institutimizning “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi assistenti Axmedjanova Gulnora Teshabayevna 3 - bosqich 303-guruh talabalariga “Sugʻoriladigan yerlarda zax qochirish ishlari.Umumiy va xususiy suv muvozanat tenglamalari” mavzusida Ochiq amaliy mashgʻulot darsini oʻtdi.
26.03.2019

25 mart kuni G bino 104 -xonada “Gidrologiya-gidrometriya” fani boʻyicha olimpiadaning 1-bosqichi boʻlib oʻtdi.
27.03.2019

“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi assistenti Hayitova Mahbuba Safarovnaning 3 bosqich 313-guruh talabalariga “Tuproqdagi tuzlarning tarkibi va ularning oʻsimliklarga zararlilik darajasi” mavzusida Ochiq amaliy mashgʻulot darsini oʻtdi.
28.03.2019

Institutimizning “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi assistenti Mansurov Safar Raxmankulovichning “Suv oqimi koʻndalang kesimi parametrlarini aniqlash. Chuqurlik oʻlchash maʼlumotlarini qayta ishlash” mavzusidagi ochiq darsi 2019-yil 18-mart soat 1000 da B-403 auditoriyasida “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti, “5450400 -Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish” yoʻnalishi 2-kurs 201-guruh talabalariga oʻtkazildi. Ochiq darsda ISMITI, katta ilmiy xodimi Ibragimov I. Yu., “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi professor-oʻqituvchilari ishtirok etishdi.
28.03.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4038-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakatimizdagi barcha teatrlarda 21-27 mart kunlari “Teatr tomoshalari haftaligi” o‘tkazildi.
29.03.2019

26-27 mart kunlari “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasida “Qishloq xoʻjaligi gidrotexnika melioratsiyasi” fanidan Respublika fan olimpiadasining 1-bosqichi yuqori saviyada tashkil etilib, Nizomda belgilangan tartib asosida muvaffaqiyatli oʻtkazildi.
02.04.2019

Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi dotsenti Adham Mamataliyev va assistant Javlon Ishchanovlar 3-TTJda 1-kurs talabalari o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha qiziqarli musobaqa uyushtirdilar. Musobaqada talabalar komandalari bilan birgalikda ustozlar komandasi ham ishtirok etdi. Bu esa talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.
03.04.2019

Gidrologiya va gidrogeologiya kafedrasi assistenti Jumaboeva Gulnora Usmanbaevna 2 bosqich 17 guruh talabalariga Ochiq dars o‘tkazdi.
08.04.2019

“Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi mudiri dos. D.V.Nazaraliev, dos. F.A. Gapparov va ass. G.U. Jumabaevalar rahbarligida Gidrologiya (suv omborlarida) yo‘nalishi 3 - bosqich 15 – guruh talabalarining ishlab chiqarish sohalari bilan tanishtirish maqsadida 4 aprel kuni Toshkent viloyatidagi Toshkent suv omboriga olib borish tashkil etildi.
08.04.2019

“Gidromelioratsiya” fakulteti Gidrologiya (Suv omborlarida) ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich 17-guruh talabalari hamda guruh murabbiyi assistent S. Mansurov boshchiligida Temuriylar tarixi davlat muzeyiga sayohat uyushtirildi. Sayohat mobaynida Temuriylarga tegishli tarixiy ma’lumotlar bilan tanishdi.
08.04.2019

Farg‘ona viloyatida “MUAYTAY” bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida “Gidromelioratsiya” fakulteti 2-kurs 202-guruh talabasi Tursunov Hojimurod 71 kg vazn toifasida faxrli II o‘rinni egalladi va O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining II darajali diplomini qo‘lga kiritdi.
08.04.2019

"Gidromelioratsiya" fakulteti dekani A. Fatxulloyev o‘zi tahsil olgan Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi 44-sonli umumta’lim maktabiga kitoblar sovg‘a qildi.
08.04.2019

11-aprel kuni GIM fakulteti hamda GM fakultetining bir guruh talabalari bilan jamoat tashkilotlari o'rtasida "Ochiq muloqot" tashkil etildi.
11.04.2019

“Gidromelioratsiya” fakulteti “Gidrologiya (Suv omborlarida)” ta’lim yo‘nalishi 2-kurs 17-guruh talabalari va guruh murabbiyi “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi assistenti S. Mansurov boshchiligida Toshkent Politexnika muzeyiga sayohat uyushtirildi.
13.04.2019

Suv xo‘jaligi vazirligi Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, “O‘zbekenergo” AJ va “Davergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tashkilotlari, “O‘zagroservis” AJning viloyat va tuman MTPlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tashkilotlari hamda ko‘plab soha bo‘yicha xorijiy qo‘shma korxonalar iqtidorli va qobiliyatli bitiruvchilarni suhbat va test asosida saralab olishdi.
16.04.2019

“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi dotsenti Adham Mamataliyev rahbarligida “Gidromelioratsiya” fakulteti 2-kurs 202-guruh talabalari “Jasorat” monumental majmuasiga tashrif buyurishdi.
30.04.2019

Joriy yil 24-26 aprel kunlari "Gidromelioratsiya" fakulteti “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” yo‘nalishi 1-bosqich 103- guruh talabalari guruh murabbiysi “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi assistenti D.A. Abduraimova bilan birgalikda “EXPO-RUSSIA UZBEKISTAN 2019”
27.04.2019

“Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi yo‘nalishi Gidrologiya (suv omborlarida) 315 – guruh talabalari bilan guruh murabbiysi assistent Gulnora Jumabaeva boshchiligida 2019 yil 27-aprel kuni Temuriylar tarixi muzeyiga sayohat uyushtirildi.
30.04.2019

"Gidromelioratsiya" fakulteti jamoasi Zangiota ziyoratgohiga tashrif buyurishdi.
08.05.2019

7 may sanasida 9 - may “Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan uzoq yillar mobaynida “Chet tili” kafedrasida samarali mehnat qilgan va hozirda nafaqada qarilik gashtini surayotgan Karabaeva Nasiba opaning xonadonlariga tashrif buyurildi.
08.05.2019