Ilmiy ishlar

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar – Kafedra hodimlari va taqqiqotchilari sohaga doir bir qancha ilmiy, amaliy loyihalarni bajargan va bajarib kelmoqda, kafedra asosan gidromeliorativ tizimlardan foydalanish, resurs tejamkor sug’orish texnologiyalari, suv xo’jaligi obyektlarini avtomatlashtirish va rekonstruksiya qilish, sug’orish rejimlarini takomillashtirish va ishlab chiqish, suvdan foydalanish samaradorligini oshirish va boshqa mavzularda o’z ilmiy faoliyatini olib bormoqda. Kafedra jamoasi hozirda Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan e’lon qilingan S-PM-90 raqamli “Yagona tomchi” mavzusidaga start-ap loyihani amalga oshirmoqda, shunigdek kafedra jamoasi tomonidan quidagi ilmiy ishlar amalga oshirilgan:

Ilmiy tadqiqot ishlar mavzusi

Maqsad va vazifalari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot

1

“Buxoro viloyatining turli tuproq-meliorativ sharoitida g‘o‘zani tomchilatib sug‘orish texnologiyasi orqali kam mineralizatsiyalashgan zovur suvlaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish”

Tadqiqotlar davomida Buxoro viloyatining sho‘rlangan va sho‘rlanishga moyil, turli tuproqlar sharoitida g‘o‘zaning Buxoro-102 navini yetishtirishda, kam mineralizatsiyalashgan zovur suvlari va daryo suvlari bilan tomchilatib sug‘orish texnika elementlari: tomizg‘ichli shlanglarni o‘rnatish tartibi, tomizg‘ichlarning suv sarfi va boshqa ko‘rsatkichlarning yerlarning meliorativ holatiga ta’siri hamda g‘o‘zaning o‘sib-rivojlanishi va hosildorligi, shuningdek tolaning sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlandi.

2

“Ilmiy-o‘quv markazi”da Qora-qosh navli loviya o‘simligini tomchilatib sug’orish

Qora-qosh navli loviya o‘simligi 2 xil: qo‘sh qator va bir qatorli sxemalarida ekildi. O‘tkazilgan tajribalar natijasi shuni ko‘rsatdiki eng maqbul variantda sug‘orishlar soni 23 marta,  mavsumiy  sug‘orish me’yori 2810 m3/ga tashkil qildi. Vegitatsiya davri 145 kun. Ishlab chiqarishdagi nazorat variantlarida 3600 m3/ga suv sarflangan bo‘lib,  unga nisbatan bizning tajriba variantimizda 23 % ga suv tejalishiga erishildi. Xosildorlik 30 s/ga olindi.

3

“Parket-Qorasuv irrigatsiya tizimlari boshqarmasiga qarashli “Xamdam” xo‘jaliklararo kanalining foydali ish koeffitsentini oshirishda GAT ni foydalangan xolda tavsiyalar ishlab chiqish

Sug‘orish tarmoqlarining hozirgi holatini o‘rganish jarayonida, sug‘orish suvining rejaviy va haqiqiy suv sarflarida farqlar borligiga amin bo‘ldik. Hususan, Xandam kanali oxirgi marotaba 1970 yilda rekonstruksiya qilingan. Shu kungacha qariyb 50 yildan buyon ekspluatatsiya jarayonida kanalning PK559+00 dan PK740+00 gacha bo‘lgan qismi jami 18,1 km oralig‘idagi oqim bo‘ylab har ikki tomonining ayrim qismlarida kanalning injenerlik ko‘rinishi va loyihaviy nuqtalari o‘zgargan, qirg‘oq dambalari, inspektor yo‘llari qoniqarsiz ahvolda kelganligi aniqlandi va bu ko‘rsatkichlar kanalning FIK ta’sir ko‘rsatadi.

4

Interpolimer kompleksdan xosil qilingan ekran yordamida mineral o‘g‘itlar samarasiz sarfini kamaytirish

Ushbu loyixada interpolimer kompleks ishlatilib xosil qilingan tuproq usti va tuproq osti ekranlar yordamida belgilangan sug‘orish normalari orqali paxta sug‘orilishida tuproq minerallashtiri-lishining samarasiz sarfini kamaytirish, bunda minerallashtirish jarayonini o‘rtacha 25,5 - 29,3% ga oshirilishiga erishish yo‘nalishidagi tadqiqotlarni o‘tkazish ilmiy izlanishlari olib borilmoqda