Tarixi

"Gidrologiya va gidrogeologiya" kafedra mudiri

texnika fanlari doktori, dotsent

Gapparov Furqat Axtamovich

Тел./факс: (+998-71) 2370971, (+998-71) 2373879

E-mail: gapparov@tiiame.uz 

 


Mazkur kafedra 1987 yili mustaqil "Gidrogeologiya" va "Gidrologiya va suv oqimlarini rostlash" kafedralarining qo‘shilishidan tashkil etilgan. "Gidrogeologiya" kafedrasi 1944 yilda professor D.M. Kats raxbarligida tashkil etilgan. Kafedrada turli yillari professor D.M. Kats (1944-1958), dotsent M.M. Ivanitsin (1959-1970), O‘zbekiston FA muxbir a’zosi professor N.A. Kenesarin (1971-1975), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi professor S.SH. Mirzayev (1975-1979), dotsent X.I. Valiyev (1979-1980), dotsent G.U. Yusupov (1981-1987) kabi yirik olimlar rahbarlik qilishdi. Kafedraninig ilmiy faoliyatida sezilarli jonlanish professor N.A. Kenesarin va professor S.SH. Mirzayev raxbarligida amalga oshirildi. Kafedraning ilmiy xulosalari amaliyotda o‘z o‘rnini topib, Respublikaning rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shdi. 1987 yili "Gidrogeologiya" va "Gidrologiya va suv oqimlarini rostlash" kafedralari birlashtirilib "Gidrologiya va gidrogeologiya" kafedrasi tashkil qilindi. Uning birinchi mudiri bo‘lib G.U. Yusupov (1987-1988) ishladi. Kafedraga 1988-1995 yillari Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureati professor S.M. Qosimov va 1995 yildan 2005 yilgacha dotsent G.U. Yusupov, 2005–2012 yillari dotsent D.Nazaraliyev, 2012 dotsent S.E. Nurjanov, 2012–2014 yillari A.M. Fatxulloyev, 2015-2021 yillari dotsent D.V. Nazaraliyev rahbarlik qildi. Hozirgi kunda dotsent F.A. Gapparov rahbarlik qilmoqda.  Kafedrada 1999 yildan boshlab yuqori malakali bakalavrlar va 2000 yildan magistrlar tayyorlashga o‘tildi. Natijada tahsil olinadigan fanlar tizimi ham ancha kengayib bormoqda. Kafedraning ilmiy-tadqiqot va ilmiy uslubiy ishlarini bajarishda oxirgi yillarda professor A.M. Fatxulloyev, dotsentlar: G.U. Yusupov, S.M. Karimov, A.A. Akbarov, D.V. Nazaraliyev, S.E. Nurjanov, F.A. Gapparov, F.S. Kattaqulov, SH.B. Akmalovlar faol ishtirok etdilar. Bugungi kunga kelib kafedrada 60530800-Gidrologiya (daryo va suv omborlari gidrologiyasi) va 60812600-Meliorativ gidrogeologiya bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha yetuk kadrlarni tayyorlab kelmoqda. Talabalarga yetuk bilim berishda kafedra katta ilmiy-pedagogik salohiyatga ega. Bugungi kunda kafedrada dotsent F.A. Gapparov, professorlar: A.M. Fatxulloyev, M.R. Ikramova, dotsentlar: D.V. Nazaraliyev, S.E. Nurjanov, SH.B. Akmalov, F.S. Kattaqulov, assistentlar: I.M. Ro’ziyev, S.M. Qodirov., S.R. Mansurov, G.U. Jumaboyeva, Q.SH. Eshquvatov, J.S. Hamroqulovlar samarali mehnat qilishmoqda.


Gidromelioratsiya fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar