Hamkorlar

     Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyrug‘i bilan tasdiqlangan «OTM kafedralarining ishlab chiqarish korxonalari va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tasarrufidagi akademik institutlardagi filiallari to‘g‘risidagi namunaviy nizom»ga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining inshootlar seysmik mustahkamlik ilmiy tadqiqot instituti, “O‘zQMI” ilmiy-tadqiqot instituti, “O‘zmeliomashlizing” DLK, “Meliomashlizingservis” SHK-si, “O‘zdavtexnazorat” inspeksiyasi, “SUVMASH” AJ lar bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Kafedrada Qozon Davlat Agrar Universiteti, Lipetsk qishloq xo‘jalik instituti, Qozog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti, Sibir Davlat avtomobil-yo‘llar akademiyasi bilan hamkorlikda ilmiy-texnik ishlar olib borilmokda, o‘quv qo‘llanmalari, metodik ko‘rsatmalar, ilmiy va ilmiy-texnik maqolalar tayyorlanmoqda. Joriy yilda Qozon Davlat Agrar Universitetida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanda kafedra professor-o‘qituvchilarining 5ta maqolasi chop etildi hamda Qozog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti nashri “Mejdunarodnaya agroinjeneriya” jurnaliga 4 ta maqola chop etildi.

         Italiyaning Turin politexnika universiteti bilan doimiy hamkorlikda ilmiy ishlar olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning  shu yilning 24 may kuni O‘zbekiston Milliy univesitetida respublikamizdagi oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot institutlari rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda hamda Toshkent qishloq xo‘jaligi mashinasozlik zavodida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda oliy ta’lim bilan ilmiy tadqiqot institutlari va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi integratsiyani yanada rivojlantirish masalalariga tanqidiy baho berdilar. Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 iyuldagi PQ-4410-son “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligini jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashni davlat tomondan qo‘llab-quvvalashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.

          Belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida yo‘l xaritasi ishlab chiqildi.Shunga binoan suv xo‘jaligi soxasida talabalarning bilim ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida institutning Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash kafedrasi tomonidan SUVMASH AJ hamda kafedra o‘rtasida amaliy va nazariy bilimlar integratsiyasini jadal tarzda olib borish maqsadida kafedra tashabbusi bilan GIM kafedrasi filialining ochilish tantanali tadbirining guvohi bo‘lib turibmiz. Kafedra filiali o‘quv xonasi zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlangan bo‘lib, bu yerda talabalar nazariy bilimlarga ega bo‘ladilar.Egallangan nazariy bilimlarini ular bevosita korxonaning ishlab chiqarish sexida va uning sinov laboratoriyasida amalda sinab ko‘radilar. “SUVMASH” AJ nasos va elektronasos agregatlarini ishlab chiqarish va ularni ta’mirlashga ixtisoslashtirilgan maxsus korxona bo‘lib,Respublikaning nasos va elektronasos agregatlariga ehtiyoji bo‘lgan barcha korxona va tashkilotlarga o‘z mahsulotlarini yetkazib bermoqdalar. Ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan korxonada Halqaro sifat menejmenti ISO 9001:2008 tadbiq qilingan bo‘lib, hozirgi kunda korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ushbu sifat sertifikati bilan ishlab chiqarilmoqda. Korxonada ishlab chiqarilayotgan barcha mahsulotlarga O‘zstandart agentligi tomonidan muvofiqlik sertiffikatlari berilgan.

           Korxona O‘rta Osiyoda yagona xisoblanib, tasarrufida O‘zstandart agentligi tomonidan akkerditatsiyalangan sinov laboratoriyasiga ega bo‘lib, bu korxonada barcha ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sinovdan o‘tishini ta’minlaydi. Korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga nafaqat O‘zbekistonda, balki yaqin qo‘shni mamlakatlarda ham katta ehtiyoj mavjud. Hozirgi kunda korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar Rossiya Federatsiyasiga, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston Respublikalariga eksport qilinmoqda. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi talabalari ishlab chiqarish amaliyotini shu korxonada o‘tashadilar hamda institutni tamomlaganlaridan so‘ng shu korxonaga ishga joylashadilar. 2019 yil sentabr oyida “SUVMASH” AJ kafedraning “Suv xo‘jaligini melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi uchun filiali ochildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 iyuldagi PQ-4410-son “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligini jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashni davlat tomondan qo‘llab-quvvalashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida institutda ishlab chiqilgan yo‘l xaritasiga asosan kafedra “AMKODOR-AGROTEXMASH” MChJ shaklidagi qo‘shma korxonada o‘z filialini ochdi. Kafedra filiali o‘quv xonasi zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlangan bo‘lib, bu yerda talabalar nazariy bilimlarga ega bo‘lish bilan birga korxonaning yig‘uv sexida melioratsiya mashinalarini yig‘ish jarayonida ishtirok qiladilar. “Suv xo‘jaligini melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarining asosiy ish beruvchilari O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining “O‘zsuvqurilishta’minot” respublika Birlashmasi tasarrufidagi Davlat Unitar Korxonalari hisoblanadi.

          “Suv xo‘jaligini melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi 3 kurs talabalarining 80% dan ortiqrog‘i ishlab chiqarish amaliyotini ushbu korxonalarda o‘tkazishadilar. Shularni inobatga olib “O‘zsuvqurilishta’minot” respublika Birlashmasi tasarrufidagi "Uzmaxsussuvkurilish" Davlat Unitar Korxonasida (Toshkent, 100182 ,Xusayin Boyqaro, 17) filialini ochishni rejalashtirdi. Xozirgi kunda korxona xududida alohida qurilayotgan binoda barcha qulayliklarga ega bo‘lgan kafedra filiali uchun o‘quv xonasi ajratilishi rejalashtirilgan. Kafedra filialida talabalar nazariy bilimlarni egallash bilan birga, korxonada mavjud qurilish va melioratsiya mashinalari ishlayotgan obyektlarga chiqib ularning ishlash prinsiplari va qo‘llanilish sohalari bilan yaqindan tanishadilar. Shu bilan birga talabalar korxona ishlab chiqarish bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishib, korxonadagi mavjud melioratsiya va qurilish mashinalari bilan bajarilayotgan ishlar hajmi, ularning turlari bilan yaqindan tanishadilar.

            2022 yilda kafedra professori B.Mirzayev, doktorant D.Abdumuminovalar gruziyalik professor  Kh. Gochoshvili bilan hammualliflikda “Diagnostics of residual stresses in sputed and flushed coatings” nomli maqola bilan  International Scientific Conference “Agricultural mechanization and technology in europe and pespectives” Date of the Conference: May 27-28, 2022 Tbilisi, Georgia, xalqaro konferensiyada ishtirok qilishdi. Kafedra professori B.Mirzayev, doktorant D.Abdumuminova kafedra mudiri I.Xudayevlar gruziyalik professor  O. Tedoradze bilan xammualliflikda  “Evaluation of factors affecting characteristics of high-temperature spraying and strength of coating and base adherence” nomli maqola bilan International Scientific Conference “Agricultural mechanization and technology in europe and pespectives” Date of the Conference: May 27-28, 2022 Tbilisi, Georgia, xalqaro konferensiyada ishtirok qilishdi.

            K.A.Timiryazov nomidagi Moskva qishloq xo‘jaligi akademiyasi qoshidagi A.Kostyakov nomidagi melioratsiya, suv xo‘jaligi va qurilish instituti kafedra mudiri  professor V.Balabanov universitet rektorining 2022 yil 17 oktabrdagi 461 p/o‘ sonli buyrug‘iga asosan  2022 yilning oktabr oyida SXMIM ta’lim yo‘nalishi 3 va 4 kurslariga ONLAYN ma’ruzalar qilindi. Italiyaning Turin politexnika universiteti professori Maurisio Rosso tomonidan universitet rektorining  2022 yilning 12 noyabridagi № 413 a/f buyrug‘iga asosan 2022 yilning 8 noyabridan 2023 yilning 8 fevraligacha OFLAYN siklik darslar tashkil qilinmoqda. Rossiya Federatsiyasining Buyuk Petr nomidagi Sankt-Peterburg politexnika universiteti, Rossiya Davlat kasbiy pedagogika Universiteti, Lipetsk Davlat texnika universitetlari bilan xalqaro xamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.

 

         2023 yilning iyun oyida kafedra dotsentlari I.Xudayev, N.Usmanov, A.Atajanov, F.Bekchanov va B.Norovlar M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston univervesiteti tomonidan ONLAYN tashkil qilingan “Auezov Universitu International Summer School-2023”  Halqaro yozgi maktabning “Умное и инновационное сельское хозяйство-эффективные технологии и практики” yo‘nalishida  “Sug‘oriladigan maydonlarda yopiq gorizontal drenaj qurish va drenaj quvurlarini tozalash muammolari” to‘g‘risidagi hamda suvtejamkor texnologiyalarni joriy qilish mavzusidagi   ma’ruzalari bilan ishtirok qilishdi.