Fakultet yangiliklari

Institutimiz kutubxonasida, Axborot resurslari markazida joriy yilning 1-noyabr kuni “Gidromelioratsiya” fakulteti Yoshlar ittifoqi tomonidan talabalar o‘rtasida “IQ-SHOU” nomli intellektual musobaqaning saralash bosqichi o‘tkazildi.
05.11.2018

"Gidromelioratsiya" fakulteti “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” yo‘nalishi 2-kurs 202-guruh talabalari guruh murabbiysi “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi dotsenti Adham Mamataliyev rahbarligida Toshkent shahrining markaziy qismida Sharof Rashidov haykali o‘rnatilgan yodgorlik majmuasiga tashrif buyurishdi. Bu ziyorat “6 noyabr - atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidovning tavallud kuni” munosabati bilan amalga oshirildi.
06.11.2018

5 noyabr kuni "Gidromelioratsiya" fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari X.To‘ychiev o‘zining 206-murabbiylik guruhi bilan birgalikda Toshkentning eski mahallasi Sebzorda asrlar bo‘yi qurilib kelgan tarixiy-me’moriy obidalarning to‘liq majmuasidan iborat bo‘lgan Hazrati Imom maydoniga tashrif buyurdilar.
06.11.2018

3 noyabr kuni 3-TTJ da “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi dotsenti Kasimbetova S.A., ass. Axmedjanova G.T., ass. Yulchiyev D.G., va ass. Malikov E. tomonidan mintaqamizdagi eng dahshatli ekologik halokatlardan biri bo‘lgan “Orol dengizining qurishi - inson faoliyati bilan kelib chiqqan ekologik halokatining saboqlari” mavzusiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
07.11.2018

Muzey orqali turli davrlar bilan tanishish, turli kashfiyotlarni bilish tarixga borish yoki tarixni keltirish mumkin. Undah olingan ma’lumot esa katta va keng taassurot beribgina qolmay, balki uzoq vaqt xotiraga muhrlanib ham qoladi.
08.11.2018

Ilm quvvati uning insoniyat tomonidan egallanishi va amaliyotga jalb etilishidir. Kengqamrovli bilimga ega bo‘lish turli soha va mavzularga oid bilimlarni o‘zlashtirishdir. Ilm nuri jaholatga qarshi ma'rifat yarog‘idir....
10.11.2018

Ziyoratgoh va muborak qadamjolarga tashrif buyurar ekansiz, unda inson ruhiyatining poklanishi, ulug‘ ajdodlardan ichki kuch va g‘ayrat olish hissi borligiga shubha yo‘q. Shunday ekan, ziyorat bilish va anglash bobida katta ma’lumotlar manbaidir....
10.11.2018

Munosib insonlarni rag‘batlantirish, ularning nomzodini ko‘rsatish orqali qo‘llab - quvvatlash doimiy e’tiborning nishonasidir. Bu esa yoshlarning innovatsion ixtirolar sari intilishi va izlanishiga bois bo‘ladi...
12.11.2018

Yutish va yutqizish hayotda ham, sport muobaqalarida ham bor. Baxt va omadni qarshilash, muvaffaqiyat quchish yoki mag‘lubiyat alami har bir inson umriga mezon.
13.11.2018

Pedagogika, psixologiya va o‘qitish metodikasi o‘qituvchisi Xoshimova Masuda Kamiljanovna “Mustaqil ta’lim va uni tashkil etish metodikasi” mavzusida Ochiq ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.
14.11.2018

19 noyabr kuni “Gidromelioratsiya” fakulteti “Pedagogika, psixologiya va o‘qitish metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchilari D.Madazizova, Sh.Raupova va assistent B.Muqimovlar 3-TTJ da “Innovatsion g‘oya - talaba kelajagi” mavzusida davra suhbati o‘tkazdilar.
20.11.2018

30-noyabr kuni TTJ-3 da “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi assistenti Mardiyev Shaxboz hamda tarbiyachi pedagog Xaitova Aziza tomonlaridan tashkillashtirilgan “Zakovat bilimdonlari” intelektual o‘yinlarining dastlabki bosqichi “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” yo‘nalishi 1-kurs talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
01.12.2018

6-dekabr kuni TTJ-3 da “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi assistenti Mardiyev Shaxboz hamda tarbiyachi pedagog Xaitova Aziza tomonlaridan tashkillashtirilgan “Zakovat bilimdonlari” intellektual o‘yinlarini final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
10.12.2018

“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi tomonidan 3-TTJda “Diniy ekstremizm – yoshlar kelajagiga tahdiddir” mavzusiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
10.12.2018

Talaba yoshlarni har jihatdan sog‘lom va barkamol insonlar etib tarbiyalash, ularning siyosiy-huquqiy madaniyati, bilimini hamda ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi faolligini oshirish maqsadida 12-dekabr kuni TTJ-3 da “Konstitutsiya bilimdoni” ko‘rik - tanlovi bo‘lib o‘tdi.
14.12.2018

Respublikamizda faoliyat yuritayotgan xalqaro institutlari filiallari o’rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha “TALABALAR LIGASI” o’tkazilmoqda.
14.12.2018

13 dekabr 2018 yil Pedagogika psixologiya va oʻqitish metodikasi kafedrasi mudiri p.f.d., professor. Ismoilova Zuxra Karaboyeva “Kasbiy pedagogikada taʼlim metodlari” mavzusida Ochiq maʼruza darsini taqdim etdi.
14.12.2018

Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim-tarbiya va harbiy vatanparvarlik sohasida keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Shu qatori “Gidromelioratsiya” fakulteti tashabbusi bilan 14-dekabr 2018-yil TTJ-3 da “BALLI, YIGITLAR” ko‘rik - tanlovi bo‘lib o‘tdi.
15.12.2018

”Gidromelioratsiya” fakultetining bir guruh iqtidorli talabalari, Institut Yoshlar ittifoqining jonkuyarlari yana bir savob ishni amalga oshirdilar. Ular 2018 yilning 15-dekabr sanasida “Bolalarga bering dunyoni” shiori ostida “Toshkent imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kolleji”da yangi yil oldi ehson dasturxonini yozdilar.
17.12.2018

“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi dotsenti Adham Mamataliyev rahbarligida "Gidromelioratsiya" fakulteti 2-kurs 202-guruh talabalari O‘zbekiston davlat drama teatriga tashrif buyurishdi.
17.12.2018