2022 yilning 30 sentabr kuni "Gidromelioratsiya" fakultetiga 2022-2023 o'quv yilida qabul qilingan I-bosqich talabalari o'rtasida futbol bo'yicha "DEKAN" kubogi

"Gidromelioratsiya" fakultetiga 2022-2023 o'quv yilida qabul qilingan 13 ta guruh talabalari o`rtasida sportning futbol turi bo'yicha 2022 yilning 30 sentabr kuni "DEKAN" kubogining birinchi bosqichiga start berildi. O`yin qizg'in tus olib, "Suv xo'jaligida innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish" ta'lim yo'nalishi 106-guruh talabalaridan tashkil topgan jamoa 3 o'rinni, "Suv ta'minoti muhandislik tizimlari" ta'lim yo'nalishi 105-guruh talabalaridan tashkil topgan jamoasi 2 o'rinni, "Suv xo'jaligida innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish" ta'lim yo'nalishi 107-guruh talabalaridan tashkil topgan jamoa esa fahrli 1 o'rinni egalladi.