Iqtidor va innovatsiya ixtirolar doyasi

Bugungi kunda yaratilayotgan  ixtirolar namoyishi zamonamizning innovatsion holati va qudratini aks ettiradi va  taraqqiyotning mezoni bo’lgan hamkorlikka keng yo’l ochadi. Har bir javhadagi innovatsion ishlanmalar va loyihalar yoshlarni yangiliklar sari undaydi. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, “Gidromelioratsiya” fakulteti, “Suv xo’jaligi va melioratsiya” ta’lim yo‘nalishi, 3-bosqich, 306-guruh talabalari guruh murabbiyi K.U.Musayev rahbarligida “InnoWeek.uz” mavzusidagi innovatsion haftalikda ishtirok etish uchun  “O'zekspomarkaz” milliy ko'rgazmalar majmuida bo’lib o’tayotgan ko’zgazmada qatnashdi. Ular olgan taassurotlarini boshqa talabalar bilan ulashishdan mamnun bo’lishdi. Mana shunday innovatsion muhit talaba yoshlarni yangilik va yangi g'oyalar sari yetaklaydi.

 

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov